RUS TILI SAVODXONLIGI
30-dars. Nazorat ishiga tayyorgarlik!
Do’stlar! Bugun bizning “Rus tili savodxonligi darslari” rubrikamizda o’tgan darslarni qaytarish va yaqinda bo’ladigan Nazorat ishi (Контрольная работа) ga tayyorgarlik bo’ladi!
Hech qanday yangi mavzu o’tilmaydi. Shunchaki o’tilgan barcha darslarimizni takrorlab qo’ying:
-To’g’ri yozishga qiynalayotgan so’zlaringizni yodlab oling;
-eng qiyin mavzular bo’yicha audio-diktant qiling: pauza qilib turib, so’zlarni diktofonga yozib oling, so’ngra o’zingiz aytgan holda diktofonga ovozingizni yozib oling, so’ngra mana shunday diktovka orqali so’zlarni daftarga yozing; yozilishini kerakli darsdan yoki S.I.Ojegovning rus tili lug’atidan tekshiring.
Muvaffaqiytingiz – ro’parangizda!
Bilim olishdan charchamang!