10-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Ikkinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonlik – bu sen gapirayotgan va yozayotgan tilga nisbatan hurmatdir!

10-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Ikkinchi qism)

Ketma-ketlikda o’zlashtirishni davom etamiz.

Shunday qilib, ни- yuklamasi doimo urg’usiz bo’ladi ( не- yuklamasi esa hamisha urg’ulidir)!

Taqqoslab ko’ramiz:

никто' - не'кто, ничто' - не'что, никогда' - не'когда, нигде' - не'где, никуда' - не'куда, ниотку'да - не'откуда

Yuqorida keltirilgan so’zlardan tashqari ни- yuklamasi so’zlar bilan alohida yoziladi:

На небе ни облачка.

Ни тебе, ни мне это не нужно.

Не рвите с кустов ни малину, ни смородину.

Сидеть тихо! И чтобы ни звука!

Tavsiya: 9-darsni takrorlang va bugungi dars bilan o’zaro bog’liqni aniqlang.

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

a) havola orqali kirib, “Навои и подёнщик” audioertagini bepul yuklab oling yoki onlayn tinglang; shuningdek bu ertakning matnini ham yuklab oling;

b) ertakni bir necha marotaba tinglang va matnni ham ko’rib chiqing;

d) qiyin va tushunarsiz so’zlarni ajratib, ko’chirib oling, ularning ma’nosini S.I.Ojegovning izohli lug’atidan qidirib toping;

e) ertakni yod oling, o’zingizni diktofonga yozib oling va yozuvingizni ertakning originali bilan taqqoslab ko’ring.

Bilim olishdan charchamang!

Mavzuning davomi – keyingi darsda! Savol va sharhlaringizni kutib qolamiz!

Yelena Burova
1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
6-dars
7-dars
8-dars
9-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published