6-dars. Rus tilida so’zlar ichida qachon -сн- va qachon -стн- yoziladi?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli yozuv – fikr ravonligi. Fikr ravonligi esa – hayot ravonligi!

6-dars. Rus tilida so’zlar ichida qachon -сн- va qachon -стн- yoziladi?

Чудесно, прекрасно, напрасно, ужасно, опасно, согласно, вкусно, гнусно, искусно, интересно, пресно, отвесно, косно – so’zlarida doim -сн- yoziladi.

Tekshirish so’zlardan foydalanib, tekshirib olamiz va ishonch hosil qilamiz: чудесно - чудесен, прекрасно - прекрасен, напрасно - напрасен, ужасно - ужасен, опасно - опасен, согласно - согласен, вкусно - вкусен, гнусно - гнусен, искусно - искусен, интересно - интересен, пресно - пресен.

Отвесно so’zi отвес so’zi bilan tekshiriladi – oxirida “с”dan keyin “т” harfi yo’q.

Косно- so’zi tez-tez uchrab turadigan so’z emas, bir necha mazmunli ma’noga ega.

(S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atida ko’rib chiqish mumkin).

Известно, уместно (повсеместно), честно, лестно (прелестно), совестно, горестно, доблестно, властно, ненастно, страстно (пристрастно), целостно, яростно, грустно, радостно- so'zlarida hamisha -стн-в harflari yoziladi.

Bu yerda ham tekshirish so’zlardan foydalanib, tekshirib olamiz va ishonch hosil qilamiz: известно - известие, уместно (повсеместно) - место, честно - честь, лестно (прелестно) - лесть, совестно - совесть, горестно - горесть, доблестно - доблесть, властно - власть, ненастно - ненастье, страстно (пристрастно) - страсть, целостно - целость, яростно - ярость, грустно - грусть, радостно - радость. Y’ani, har bir tekshiruvchi so’zning oxirida “с” dan keyin “т” harfi bor!

Tavsiya: Darsimizdagi mazkur so’zlarni diktofonga yozib oling va o’zingizning diktovkangiz bilan diktant yozib ko’ring. Yozganlaringizni darsda o’tilgan so’zlar bilan taqqoslab ko’ring. Agar xatolar aniqlasangiz, diktantni bir kundan keyin yana qayta yozib ko’ring.

Rus tili nutqimizni mukammallashtirishda davom etamiz – nazorat ishi:

a) 1,2,3,4-Darslarda siz o’rganib chiqqan ushbu to’rtta ertakdan birortasini tanlang: “Выдумщик небылиц", "Волк и коза", "Олень и тыквянка", "Лиса и аистиха”; b) bu ertakni do’stingiz yoki dugonangizga, kichik yoshdagi ukangiz yoki singlingizga, qo’shningizga, ya’ni sizning nutqingizdagi muvaffaqiyatga xolisona baho bera oladigan kimsaga aytib bering. Bilim olishdan charchamang!

Muvaffaqiyatlaringizni biz bilan sharhlarda bo’lishing!

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published