RUS TILI SAVODXONLIGI
Yozuvingiz savodli bo’lishiga e’tibor bering – shunda yuqori natijalarga erishasiz! Bizning darslarimiz bunda sizga yordam beradi!
5-dars. Qaysi hollarda кое-/кой- yuklamasi (pristavkasi) defis bilan, qaysi hollarda alohida yoziladi?
кое-/кой- yuklamalari bizning nutqimizga noaniqlik (mujmallik), maxfiylik, to’liq aytilmaganlik va hattoki qandaydir ajiblik belgisini berib turadi.
Agarda кое-/кой- yuklamasi (pristavkasi) va so’z o’rtasida predlog bo’lmasa, кое-/кой- yuklamasi (pristavka) so’z bilan defies orqali yoziladi: a) кое-кто, кое-что, кое-как, кое-какой, кое-где, кое-куда; b) кой-как, кой-какой, кой-где, кой-куда.
Agarda кое-/кой- yuklamasi (pristavkasi) va so’z o’rtasida predlog bo’lsa, кое-/кой- yuklamasi (pristavkasi) defissiz yoziladi: кое у кого, кое для чего, кое с кем, кой с каким.
Maslahat: кое-/кой- yuklamasi (pristavkasi) ishtirokidagi so’zlarni bir necha marotaba qayta-qayta yozing – mexanik va vizual xotira buni eslab qolib, kerakli paytda sizga asqotadi.
Rus tili nutqimizni takomillashtirishda davom etamiz – nazorat ishi:
a)1-darsdagi “Выдумщик небылиц” audio-ertagini bir marta tinglang, uni qayta so’zlab bering va o’zingizni diktofonga yozib oling; b) bu ovozli yozuvni o’tgan galdagi oxirgi ovozli yozuvingiz bilan taqqoslang; agar bugungi yozuvingiz avvalgisidan yaxshiroq jaranglasa – demak mashg’ulotlarda yuksalish bor, agarda o’sha-o’sha bo’lsa – siz hech narsa yoqotmagansiz; b) yangi ovozli yozuv sizga yoqmagan bo’lsa, ertak matni ustida yana biroz ishlang. Bilim olishda charchamang!
Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!
4-darsni qaytaring – bilim qaytarish va takrorlash mevasidir!