2-dars. Oxiri -шься qo’shimchasi bilan tugaydigan glagollarda doim “ь” yoziladi!

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli yozuv hamisha ko’zni quvontiradi. Bizning darslarimiz rus tili bo’yicha savodingizni yaxshilashga xizmat qiladi!

Oxiri -шься qo’shimchasi bilan tugaydigan glagollarda doim “ь” yoziladi!

Купаешься - искупаешься, кувыркаешься - докувыркаешься, радуешься - нарадуешься, смеёшься – рассмеёшься – bularning barchasi va shu tipdagi boshqa glagollar что делаешь? что сделаешь? savollariga javob beradi.

E’tibor bering: bu glagollarga beriladigan savollarning o’zida ham “ь” (мягкий знак – yumshatish belgisi) mavjud - что делаешь? что сделаешь?!

Shuning uchun что делаешь? что сделаешь? savollariga javob beruvchi glagollar hamisha -шься qo’shimchasi bilan tugaydi!

1-darsni ko’rib chiqing – u ham Siz uchun foydali bo’lishi mumkin!

Rus tili nutqingizni mukammallashtirish uchun:

a) “Олень и тыквянка” audio-ertagini bepul yuklab oling;

b) ertakni bir necha kun davomida qayta-qayta tinglang, har gal qiyin so’zlarni qaytarib turing va o’zingizni diktofonga yozib oling;

d) bir-ikki haftadan keyin ertakni o’zingiz so’zlang va yana diktofonga yozib olingda, birinchi va ikkinchi yozuvni solishtirib ko’ring. Omadingizni bersin!

Mazkur post Sizga qanchalik foydali bo’lganligini sharhlarda yozib qoldiring!

Yelena Burova

 

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published