1-dars. Rus tilida glagollarda -ться va -тся qo’shimchalarining yozilish qoidalari

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli yozuv – bu to’g’ri muomala va ziyolilik belgisidir. Bizning darslarimiz hayotda eng yaxshi natijalarga erishishingizga yordam beradi!  

-ться va -тся qo’shimchalarining yozilish qoidalari

Купаться, кувыркаться, радоваться, смеяться bularning hammasi va boshqa shu turdagi glagollar (fe’llar) что делать? savoliga javob beradi.

E’tibor bering: bu glagollarga berilgan savolda ь (yumshatish belgisi – мягкий знак) mavjud – что делать?!

Shuning uchun что делать? savoliga javob beruvchi glagollarning barchasida    -ться qo’shimchasi yoziladi!

Купается - купаются, кувыркается - кувыркаются, радуется - радуются, смеётся – смеются – bularning hammasi va boshqa shu tipdagi glagollar что делает? что делают? savollariga javob beradi.

E’tibor bering: bunday glagollarga beriladigan savollarda “ь” (yumshatish belgisi – мягкий знак) yo’q – что делает? что делают?!

Shuning uchun что делает? что делают? savollariga javob beruvchi barcha glagollarda -тся qo’shimchasi yoziladi!

Rus tili nutqingizni va talaffuzingizni mukammallashtiring:

a) havola orqali kirib, "Выдумщик небылиц" bepul audio-ertagini yuklab oling;

b) bir necha kun davomida ertakni qayta-qayta tinglang, qiyin so’zlarni qaytarib turing va o’zingizni diktofonga yozib oling;

d) bir-ikki haftadan keyin ertakni o’zingiz so’zlang va yana o’zingizni diktofonga yozib olingda, birinchi va ikkinchi yozuvlarni solishtirib ko’ring. Omadingizni bersin!

Ushbu post qanchalik foydali ekanligini sharhlarda yozib qoldiring.

Yelena Burova

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published