3-dars. Rus tilidagi qaysi so’zlarda “ж - ш - ч – щ” harflaridan keyin doim “ь” harfi yoziladi?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli yozuv – bu Sizning tashrif qog’ozingizdir! Bizning darslarimiz bilimingiz oshishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz!

3-dars. Rus tilida qaysi so’zlarda “ж - ш - чщ” harflaridan keyin doim “ь” harfi yoziladi?

Дрожь, залежь, ложь, молодёжь, рожь, упряжь so’zlarida ж harfidan keyin – hamisha “ь” yoziladi!

Ветошь, глушь, гуашь, мышь, плешь, пустошь, тишь, роскошь, фальшь so’zlarida “ш” harfidan keyin hamisha “ь” yoziladi!

Горечь, дочь, ночь, полночь, печь, течь so’zlarida “ч” harfidan keyin hamisha “ь” yoziladi!

Вещь, мощь, помощь so’zlarida “щ” harfidan keyin doim “ь” yoziladi!

Shuningdek, - лишь va точь-в-точь so’zlarida ham “ш – ч” harflaridan keyin “ь” yoziladi!

1-tavsiya. Agarda qaysidir so’z Sizga notanish bo’lsa yoki uning ma’nosini tushunmasangiz – S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atiga murojaat qiling, shunda so’z boyligingiz ham oshadi!

2-tavsiya. Har bir so’z yoki so’zlar guruhini bir necha marotaba yozib chiqing va natijani ushbu Darsimiz bilan taqqoslab ko’ring. Buni hafta davomida qayta-qayta bajaring – shunda Siz hech qachon bu so’zlardagi “ь” harfini tushirib qoldirmaysiz!

Rus tili nutqi va talaffuzimizni mukamllashtirishda davom etamiz:

a) havola orqali kirib, “Волк и коза” audio-ertagini bepul yuklab oling;

b) ertakni bir necha marotaba qayta-qayta tinglang va har gal qiyin so’zlarni qaytarib turing, so’ngra butun ertakni so’zlang-da, o’zingizni diktofonga yozib oling; bu narsani har kuni bajaring;

d) bir-ikki haftadan keyin ertakni qayta so’zlang va yana diktofonga yozib oling, avvalgi va keyingi audioyozuvlarni tinglab, ularni taqqoslab ko’ring. Bilim olishda charchamang!

Bizning darsimiz Siz uchun qanchalik foydali bo’lganligini hamda talab va istaklaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

1-dars va 2-darsni ham qaytarib qo’ying!

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published