9-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Birinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonlik – mukammallik belgisidir!

9-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Birinchi qism)

Ushbu mavzu bo’yicha bir necha pozitsiyalar mavjud. Ularni ketma-ketlikda ko’rib chiqamiz va batafsil o’rganamiz.

Avvalam bor eslab qoling: ни- yuklamasi hamisha urg’usizdir! ( не- yuklamasidan farqli o’laroq – buni biz keyingi darslarda ko’rib chiqamiz).

Inkor ma’nosini bildiruvchi никто, ничто, никакой, ничей kabi mestoimeniye (olmosh) larda hamda никогда, нигде, никуда, ниоткуда, никак, нипочём kabi narechiye (ravish) larda ни- yuklamasi so’zga qo’shilib yoziladi. Agar inkor ma’nosini bildiruvchi никто, ничто, никакой, ничей mestoimeniyelari vositali padejda predlog bilan kelsa, ни- yuklamasi alohida yoziladi:

Он ни к кому не обратился.

Это всё ни к чему не приведёт.

Мы ни на чьей стороне.

Ни в какую сторону не сворачивай.

Agar gapda inkor ma’nosi bo’lsa, ни- yuklamasi boshqa so’zlar bilan alohida yoziladi:

Ни одного дерева не срубили в этом году.

Она ни слова не промолвила.

Diqqat! Ma’nosiga e’tibor bering va farqiga boring:

Ни один из нас (никто) не струсил в минуту опасности. - Не один из нас (много) готов на подвиг.

Ни разу (никогда) с ним не встречался. - Не раз (часто) с ним встречался.

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

9-darsning birinchi qismini yaxshiroq o’zlashtirish uchun havola orqali kirib, “Араб-простофиля” audio-ertagini bepul yuklab oling:

a) ertakni ketma-ket bir necha bor tinglang;

b) so’zlari dars mavzusiga mos kelgan gaplarni ajratib yozib oling;

d) gaplarni bir necha marotaba qayta-qayta o’qing va o’zingizni diktofonga yozib oling;

e) ertakni boshidan oxirigacha ayting va uni ham diktofonga yozib oling – so’ngra yozuvingizni audio-ertak bilan taqqoslang!

Bilim olishdan charchamang!

4- va 5- darslarni takrorlang – olgan bilimingizni yana bir bor tekshirib ko’ring!

Keyingi dars – mavzuning davomi bo’ladi! Savol va sharhlaringizni kutib qolamiz!

Yelena Burova

1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
6-dars
7-dars
8-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published