7-dars. “Насколько” yoki “на сколько” – qo’shib yoziladimi yoki alohidami?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli yozuv hurmat va ehtiromga loyiq bo’ladi!

7-dars. “Насколько” yoki “на сколько” – qo’shib yoziladimi yoki alohidami?

Bunda gapning mazmun-mohiyatiga qaraladi va shundan kelib chiqib:

-yo biror narsaning o’lchami, darajasi, muhimligi, kerakligi, zaruriyati, imkoniyati, bilimi yoki bilimsizligi va hokazolarni bildiruvchi narechiye sifatida keladi, bunday holda qo’shilib yoziladi:

Я знаю, насколько это просто и легко сделать.

Попробуем сократить настолько, насколько это возможно.

Вы представить себе не можете, насколько это важно!

-yoki miqdoriy, son jihatidan javob olishga mo’ljallangan predlogli so'roq so'z sifatida keladi; bu holda alohida yoziladi:

На сколько вы отправляетесь в отпуск? - На десять дней.

На сколько коса у Кати длиннее, чем коса у Веры? - Примерно сантиметров на двенадцать.

На сколько столов накрывать? - На все.

Нам нужны пригласительные билеты в театр. - На сколько человек?

4-dars va 5-darsni takrorlang – va olgan bilimingizni sinab ko’ring:

Rus tili nutqimizni mukammallashtirishda davom etamiz:

a) havola orqali kirib, “Как старик бился об заклад со своей старухой” bepul audio-ertagini yuklab oling;

b) ertakni bir necha marotaba tinglang;

d) eng qiyin so’zlarni ajratib olib, S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atidan ma’nosini bilib oling;

e) har bir qiyin so’zni bir necha marotaba yozing, so’ngra bir necha marotaba takrorlang;

f) o’zingizni diktofonga har kuni yozib boring, so’ngra birinchi va oxirgi yozuvlarni taqqoslang.

Bilim olishdan charchamang!

Tavsiya. Savollar tug’ilganda ularni izohlarda yozib qoldiring – biz albatta ularga javob yo’llaymiz!

Yelena Burova

1 - dars

2 - dars

3 - dars

4 - dars

5 - dars

6 - dars

0 comments

Leave a comment