17-dars. Ayirish belgisi “ъ” (твёрдый знак) – “е”, “ё”, “ю”, “я” harflaridan oldin

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli rus tili sizning ustivor tomoningiz bo’lishi mumkin! Bizning darslar – bunda sizga yordam beradi!

17-dars. Ayirish belgisi “ъ” (твёрдый знак) – “е”, “ё”, “ю”, “я” harflaridan oldin

Rus tilida shunday so’zlar borki, talaffuz qilganda huddi ikkiga bo’lingandek eshitiladi.Yozilganda bu spetsifik “Ъ” harfi orqali namoyon bo’ladi. Uch xil holatda твёрдый знак "ъ" so’zlarda faqatgina "е", "ё", "ю", "я" unli harflaridan oldin ayiruvchi sifatida keladi.

1.Undosh harf bilan tugovchi pristavlalar (old qo’shimchalar) dan keyin:

подъезд, съёмка, предъюбилейный, межъядерный

(boshqa unli harflardan oldin "ъ" qo’yilmaydi:

безаварийный, собезьянничать, сузить, сэкономить vahokazo.)

2. Rus tiliga kirib kelgan va pristavkasi (аб-, ад-, диз-, ин-, интер-, кон-, контр-, об-, суб-, транс-)kabi undosh harflar bilan tugovchi yoki пан-elementi bor so’zlarda:

адъютант, дизъюнкция, инъекция, интеръекционный, конъюнктура, контръякобинский, объект, объём, субъект, трансъевропейский, панъяпонский va boshqalar.

3. Birinchi qismi двух-, трёх-, четырёх- kabi son so’z turkumidan iborat qo’shma so’zlarda:

двухъярусный, трёхъязычный, четырёхъёмкостный.

Eslatma. Bu qoida qisqartma qo’shma so’zlarga taalluqli emas:

детясли (детские ясли), Госюриздат (Государственное юридическое издательство) va boshqalar.

Qaysi hollarda glagollarda "ь" belgisi yozilishini yaxshi o’zlashtirganmisiz?

O’zingizni sinab ko’ring – 1-dars va 2-darslarni takrorlab qo’ying!

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a) Навои и сын сапожника” ertagining matnini yuklamagan bo’lsangiz, yuklab oling; b)matnda 10 ta eng qiyin va uzun so’zlarni toping, ularni ko’chirib olib, S.I.Ojegovning rus tili lug’atidan ma’nolarini ko’rib, bilimingizni sinab ko’ring; c) ertakni onlayn tinglab, har bir so’zni bir necha marotaba takrorlang; audiodagi kabi aniq talaffuzga qilishga harakat qiling.

Bilim olishdan charchamang!

Nutqingiz ustida har kuni ishlang – shunda kutilgan natijaga erishasiz!

Savollar berishdan tortinmang! Sharhlaringizni kutib qolamiz!

Yelena Burova

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars

14-dars

15-dars

16-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published