12-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (To’rtinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli insonning istiqboli hamisha porloq!

12-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (To’rtinchi qism)

Ни- chastitsasining so’zlar bilan qanday yozilishini 9-,10- va 11 darslarda ko’rib chiqdik.

Eslatma: yozayotgan narsamizning to’g’ri ekanligiga hamisha ishonch hosil qilishimiz zarur, chunki savodli yozuv mazmun-mohiyatni aniq-tiniq yetkazadi.

Quyida keltirilgan misollar bunga yaqqol dalil bo’la oladi:

Ни один из студентов (никто) не отказался от своих слов. - Не одна мать (много, многие) готова отдать свою жизнь за своего ребёнка.

Birinchi gapning ma’nosi: Никто не отказался от своих слов.

Ikkinchi gapning ma’nosi: Многие матери готовы отдать жизнь за своих детей.

Quyidagi gaplarni taqqoslang:

Каких только зверей и птиц мы не увидели в зоопарке! - Уж каких только зверей и птиц мы ни увидели в зоопарке, но хотелось посмотреть ещё какого-нибудь необычного зверя.

Birinchi gapning ma’nosi: Увидели всех зверей и птиц.

Ikkinchi gapning ma’nosi: Много увидели, но осталось что-то ещё.

Что только мы не делали для больного щенка! - Что бы мы ни придумали, как ни старались, но помочь щенку уже было невозможно.

Birinchi gapning ma’nosi: Сделали всё возможное для спасения щенка.

Ikkinchi gapning ma’nosi: Старания напрасны и бесполезны, щенок был обречён.

Unutmang! Imkonsiz narsaning o’zi yo’q, qiyinchiliklardan esa qochmaslik lozim!

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

a) “Навои и подёнщик” ajoyib audioertagiga yana qaytamiz – havola orqali ushbu ertakning matnini yuklab oling;

b) ertakni tinglang va bir vaqtning o’zida matnni ham kuzatib boring;

d) har bir gapdan keyin pauzani bosib, suxandonning ketidan qaytarib turing;

e) ertakni yod oling, o’zingizni diktofonga yozib olib, uni original bilan taqqoslang.

Ushbu mavzu bo’yicha bilimlaringizni sinab olish uchun 9-, 10- va 11-darslarni takrorlab chiqing.

Qiyinchiliklar tug’ilsa – sharhlaringizda bizga yozing va biz albatta yordam beramiz!

Bilim olishdan charchamang!

Yelena Burova
1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
6-dars
7-dars
8-dars
9-dars
10-dars
11-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published