11-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Uchinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli insonni tushunish ham oson!

11-dars. Ни- chastitsa (yuklama) si so’zlar bilan qo’shilib yoziladimi yoki alohidami? (Uchinchi qism)

Ни -ни birikmasi inkor ma’nosidagi biriktiruvchi bog’lovchi sifatida qo’llaniladi:

Ни худым, ни толстым наш герой не был.

События развивались ни стремительно, ни медленно.

Ни слова, ни полслова не скажет - молчит, как сыч.

На снегу не было следов ни лисицы, ни кабана, ни волка, ни медведя, ни зайца, ни белки, ни сороки, ни мышей.

Ushbu chastitsa shuningdek, ни и ни ko’rinishida ham uchraydi:

Это существо не является ни тем и ни другим.

По сути, ни слава и ни деньги его не прельщали.

Ни chastitsasi ishtirokidagi eslab qolish lozim bo’lgan ba’zi iboralar mavjud:

во что бы то ни стало

как ни в чём не бывало

откуда ни возьмись

ни рыба ни мясо

ни жив ни мёртв

ни два ни полтора

ни то ни сё

ни дать ни взять

ни много ни мало

ни больше ни меньше

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

a)“Что слаще всего на свете” nomli ajoyib ertakni bepul yuklab olib yoki onlayn tinglang va uning matnini yuklab oling;

b)ushbu ertakni tinglang va bir vaqtning o’zida matnni ham kuzatib boring;

d)audioni pauza qilib, har bir so’zni suxandonning ketidan qaytarib boring;

e)ertakni yod olib, o’zingizni diktofonga yozib oling hamda uni original bilan taqqoslab ko’ring.

Ushbu mavzuda qiyinchiliklar tug’ilmasligi uchun 9- va 10- darslarni qaytarib oling, chunki keying darslarda ни- chastitsa (yuklama) si mavzusi davom ettiriladi.

Savol va istaklaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

Bilim olishdan charchamang!

Yelena Burova
1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
6-dars
7-dars
8-dars
9-dars
10-dars

0 comments

Leave a comment