15-dars. So’zda ma’lum bir harf bor-yo’qligini qanday tekshirish mumkin? (Birinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli insonlar hamisha go’zaldirlar!

15-dars. So’zda ma’lum bir harf bor-yo’qligini qanday tekshirish mumkin? (Birinchi qism)

Rus tilida to’g’ri yozilishida qiyinchilik tug’diradigan so’zlar guruhi bor. Bu yoziladigan, ammo talaffuz qilganda “tushib qoladigan” harflardir, ya’ni ular shunchaki talaffuz qilinmaydi. Ammo yozilganda bu “tushib qoladigan” harflar o’z joyida bo’lishi kerak. Keling, misollarda ko’rib chiqamiz:

девственный (лес) – talaffuz qilinganda "дественный";
поздний (час) – talaffuz qilinganda "позний";
кокандский (правитель) - talaffuzda "коканский";
лейтенантские (погоны) - talaffuzda "лейтенанские";
хвастливый (человек) – talaffuz qilinganda "хвасливый";
костный (мозг) – talaffuz qilinishi"косный" (darvoqe, rus tilida shunday so’z bor, ammo u butunlay boshqa ma’noni bildiradi)


Bunday so’zlarni yozishda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun so’zni shunday o’zgartirish kerakki, “tushib qoladigan” undosh harfdan keyin unli harf kelishi yoki so’z yuymshatish belgili “tushib qoladigan” harf bilan tugashi kerak:

безвестный - без вести
гигантский - гиганты
голландский - Голландия
громоздкий - громоздить
захолустный - захолустье
доблестный – доблесть

Ajratib ko’rsatilgan harflar jaranglab chiqishi uchun tekshiriladigan so’z topishga harakat qilib ko’ring:
сердце
солнце
счастливый
тростник
хлестнуть
целостный
явственный
яростный

Istisno so’zlar qanday yozilishini eslab qoling:

здравствовать, здравствуйте
чувствовать, чувство, чувственный
лестница (но лесенка)
праздность, праздный , праздновать

Rus tili savodxonligimizni takomillashtiramiz:

a)saytimizda e’lon qilingan yangi “Навои и пастух” ertagining matnini yuklab oling; b)havola orqali o’tib, ertakni ko’zlaringizni yumgan holda bir necha marotaba onlayn bepul tinglang; d)ertakni matnga qarab ovozingizni chiqarib o’qing, buni diktofonga yozib oling va yozuvni original bilan taqqoslang.

Bu topshiriqni har kuni takrorlab turing va keyingi darsgacha yaxshi natijani ko’rasiz!

Fikr-mulohazalaringiz va savollaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

Bilim olishdan charchamang!

Yelena Burova

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars 

14-dars

 

0 comments

Leave a comment