13-dars. Qanday yoziladi: “нестыковка” yoki “не стыковка”? (Birinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli bo’lishing – zafar quchishingdir!

13-dars. Qanday yoziladi:нестыковкаyoki “не стыковка”?

Bugun biz “не” chastitsa (yuklama) sining ot so’z turkumi bilan qanday yozilishi haqida tushuncha beramiz – qo’shilibmi yoki alohida?

Javob: vaziyatga qarab!

Bu darsda qaysi hollarda не yuklamasi otlar bilan qo’shilib yozilishini ko’rib chiqamiz:

неsiz ishlatilmaydigan sushestvitelnoye (otlar): невежда, неверие, невзгода, недоросль, нетопырь, неваляшка.

otlar “не” chastitsasi bilan qarama-qarshi ma’noni berganda, bunda so’zni “не” chastitsasi bo’lmagan boshqa sinonim so’zga almashtirsa bo’ladi: нестыковка (противоречие), неустойка (пеня, штраф), некрасивость (безобразность, уродство), неправда (ложь), неприятель (враг), несчастье (беда).

Shaxsni bildiradigan va uning sifatidagi qarama-qarshilikni ifodalaydigan otlar: неверующий, нерусский, неспециалист, неуспевающий (в классе), непрофессионал.

Eslatma. Boshqa ma'noli otlarda qarama-qarshilik alohida yozilgan chastitsa yordamida ifodalanadi: На лугу паслись коровы и не коровы; Он готов писать всё: стихи и не стихи, пьесы и не пьесы. Qo’shib yozish faqatgina terminlarda uchraydi: металлы и неметаллы.

Mana shu uchta punktni diqqat bilan ko’rib chiqing – keyingi darsda davom ettiramiz!

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

a) saytimizda e’lon qilingan “Лисица и павлин” yangi ertak matnini ko’rib chiqamiz – mazkur ertak matnini yuklab oling; b) havola orqali kirib, ertakni bepul onlayn tinglang va bir vaqtning o’zida matnni kuzatib boring; d) audioni pauzaga qo’yib, har bir gapni suxandonning ketidan 3-5 marotaba qaytarib boring; e)matnni boshidan-oxirigacha o’qib chiqing va o’zingizni diktofonga yozib oling, so’ngra bu yozuvni originali bilan taqqoslab ko’ring.

“ни” chastitsasi so’zlar bilan qanday yozilishi esingizdami? 9-, 10-, 11- va 12- darslarni takrorlab qo’ying!

Fikr-mulohazalaringiz va savollaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

Bilim olishdan charchamang!


Yelena Burova
1-dars
2-dars
3-dars
4-dars
5-dars
6-dars
7-dars
8-dars
9-dars
10-dars
11-dars
12-dars

0 comments

Leave a comment