29-dars. Qay biri to’g’ri : "будете" yoki "будите" – glagollarni farqlashni o’rganamiz!

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Sizning savodxonligingiz – bu aqlingiz ziyrakligi!

29-dars. Qay biri to’g’ri : "будете" yoki "будите" –  glagollarni farqlashni o’rganamiz!

Do’stlar! Ortiqcha so’zboshi qilmasdan maqsadga o’taylik: qanday yozish kerak – "будете" yoki "будите"? Javob: ikkalasi ham to’g’ri! Hayron bo’lishingiz mumkin. Ammo bu ikki xil glagol! "Будете" yoki "будите" yozilsishi mazmunga qarab aniqlanadi!

Demak:

- "бу'дете" glagoli "быть" glagolidan hosil bo’lgan. (Udareniye (urg’u)ga e’tibor bering – u birinchi bo’g’imga tushyapti!)

- "буди'те" glagoli "будить" glagolidan hosil bo’lgan. (Udareniye (urg’u)ga e’tibor bering – u ikkinchi bo’g’imga tushyapti!)

"Быть" va "будить" – so’zlaridagi mantiqiy farqni ko’ryapsizmi?

Shundan kelib chiqib, eslab qoling:

Вы бу'дете в пятницу на концерте? (быть, присутствовать где-либо)

Завтра вы бу'дете уже в Самарканде ( "быть" glagolining kelajak zamoni)

Вы бу'дете с нами обедать? (в будущем времени используется глагол быть - составное будущее время глагола)

Буди'те его скорее - он опаздывает на лекцию! (будить, пробуждать ото сна)

Буди'те детей каждое утро в семь часов! (аналогично - будить ото сна)

Maslahat: 27-darsni takrorlab qo’ying, unda ham shunga o’xshash mavzu yoritilgan!

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a)"Шах Эралихан и воры" ertagining matnini yuklab oling va ertakni onlayn tinglagan holda matnni o’qing va buni bir necha marotaba bajaring; b)har bir gapdan keyin audioni pauzaga qo’ying va har bir gapni suxandon ketidan qaytaring; audiodagi kabi aniq talaffuz qilishga harakat qiling; d)ertakni yodlab oling va uni bolalarga, do’stlaringizga, yaqinlaringizga aytib bering; buni imkon qadar ifodali va ta’sirli bajarishga harakat qiling.

Omad!

Ertakni aytish sizda qanday chiqqanligi haqida bizlarga yozib yuboring!

Yelena Burova 

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars

14-dars

15-dars

16-dars

17-dars

18-dars

19-dars

20-dars

21-dars

22-dars

23-dars

24-dars

25-dars

26-dars

27-dars

28-dars

 

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published