RUS TILI SAVODXONLIGI
Savodli yozishni bilsangiz, ikkilanib o’tirmaysiz!
24-dars. Rus tilida shipillovchi (щипящие) undosh harflardan keyin "о", "е" hamda "ё" harflarining yozilish qoidalari (Ikkinchi qism)
Avvalgi Darsda biz qaysi shipillovchi undosh harflardan keyin "о" yozilishi kerakligini ko’rib chiqdik. Yaxshiroq tushunish uchun 23-Darsni yana bir bor takrorlab qo’ying.
Davom etamiz. Shilpillovchi harflardan keyingi harfga urg’u tushganda quyidagi 2 holda "о" yozilishi eslab qolamiz:
a)sushestvitelnoye va prilagatelnoye larning suffikslarida, ko’chmanchi "о" harfida:
княжны (множ. число от "княжна") - княжо'н
смешной - смешо'н
b)narechiyelarning suffikslarida
вечо'р (устаревшее - вчера вечером)
горячо'
свежо'
общо'
ужо' (устаревшее - потом, после)
Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:
a)"Выдумщик небылиц" ertagining matnini yuklab oling; b)matnni kuzatgan holda ertakni onlayn tinglang; d)ertakni to’xtab-to’xtab tinglang, pauzada har bir gapni suxandon ketidan qaytaring; audiodagi kabi aniq talaffuz qilishga harakat qiling; e)ertakni yod oling va o’zingizni diktofonga yozib oling; yozuvingizni audio-ertak bilan taqqoslang.
Bilim olishdan charchamang!
Qiyinchiliklar bo’lsa, sharhlarda yozib qoldiring!