22-dars. "Ц" dan keyin qaysi harf yoziladi - "и" yoki "ы"? (Uchinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonligingiz tahsinga loyiq! Ammo mukammallikning chegarasi yo’q!

22-dars. "Ц" dan keyin qaysi harf yoziladi - "и" yoki "ы"? (Uchinchi qism)

Do’stlar! Mavzuning davomini yaxshi io’zlashtirish uchun "ц" dan keyin - "и" yoki "ы" harfi yozilishi haqidagi avvalgi ikkita dars – 20-dars va 21-darsni takrorlab qo’yishni taklif etaman.

Davom etamiz! Rus tilida "ц" harfi bilan tugaydigan so’zlar bor. Bu mujskoy roddagi ot so’z turkumidagi so’zlar - борец, красавец, юнец. Shuningdek, "-ца" bilan tugallanuvchi so’zlar bor. Bu jenskiy roddagi ot so’z turkumidagi so’zlar, masalan - девица, красавица, овца.

Eslab qoling! Mazkur turdagi barcha so’zlarning ko’plik sonida "ц" dan keyin "ы" harfi yoziladi:

борец - борцы

бубенец - бубенцы

бухарец - бухарцы

венец - венцы

дворец - дворцы

делец - дельцы

жилец - жильцы

иностранец - иностранцы

красавец - красавцы

колодец - колодцы

конец - концы

леденец - леденцы

ловец - ловцы

молодец - молодцы

огурец - огурцы

певец - певцы

пловец - пловцы

принц - принцы

столбец - столбцы

стрелец - стрельцы

творец- творцы

удалец - удальцы

юнец - юнцы и va hokazo.

граница - границы

девица - девицы

пигалица - пигалицы

птица - птицы

синица - синицы

спица - спицы

столица - столицы

страница - страницы

овца - овцы

устрица – устрицы va hokazo.

Biroq rus tilida yana щипцы, плоскогубцы и ножницы kabi so’zlar ham bor! Bu so’zlar doim ko’plik sonda ishlatiladi.

So’zlarning yozilishini eslab qoling!

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:
a) yangi "На то у змеи жало, чтобы жалить" ertagining matnini yuklab oling; b) ertakning birinchi qismini tinglagan holda matnni o’qing va buni bir necha marotaba takrorlang; d)ertakni to’xtab-to’xtab tinglang, pauzada har bir gapni suxandon ketidan qaytaring; audiodagi kabi talaffuzga erishishga harakat qiling; e)ertakning birinchi qismini yod oling va o’zingizni diktofonga yozib oling; bu yozuvni audio-ertak bilan taqqoslang.

Muvaffaqiyat tilaymiz!

Savollaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

Yelena Burova 

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars

14-dars

15-dars

16-dars

17-dars

18-dars

19-dars

20-dars

21-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published