19-dars. Inkor ravishlari (отрицательные наречия) – qaysi holda "не-", qaysi holda "ни-" yoziladi?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli rus tili – bu juda ajoyib, do’stlar!

19-dars.Inkor ravishlari (отрицательные наречия) – qaysi holda "не-", qaysi holda "ни-" yoziladi?

Rus tilida inkor ravishlari bir nechta so’zlardangina iborat bo’lib, inkorlikni o’ziga xos xususiyat bilan namoyon etadi: ba’zi so’zlarda inkor не- pristavkasi bilan, ba’zilarida esa ни- pristavkasi bilan ifodalanadi. Yetkazmoqchi bo’lgan fikringiz aniq bo’lishi uchun mana shu o’ziga xoslikni o’rganish kerak.

Yoki quyidagi so’zlar qanday yozilishini eslab qoling. Bu so’zlardagi katta harflarga e’tibor bering – ular urg’u beriladigan bo’g’imni ifodalaydi. Bu juda muhim, chunki agar so’zda urg’u pristavkaga tushsa – "не-" yoziladi, agar urg’u so’zdagi boshqa bo’g’imga tushsa – "ни-" yoziladi (bu ayniqsa juft ravishlarda yaqqol ko’rinadi):

никАк

нипочЁм

нЕзачем

никогдА - нЕкогда

никудА - нЕкуда

ниоткУда - нЕоткуда

нигдЕ - нЕгде

нискОльконЕсколько

Topshiriq: S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atidan har bir inkor ravishining ma’nosini toring. Mazmunlarini solishtirib ko’ring.

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a)Alisher Navoiy haqida ertaklarning matnini yuklab oling: "Навои и пастух", "Навои и сын сапожника", "Навои и подёнщик"; b)matndan darsga taalluqli so’zlarni toping;  d) "Навои и пастух", "Навои и сын сапожника", "Навои и подёнщик" ertaklarini onlayn tinglang, har bir so’zni bir necha marotaba takrorlang; audiodagi kabi aniq talaffuz qilishga harakat qiling; e)darsga taalluqli so’zlar ishtirok etgan har bir gapni butunligicha talaffuz qiling. Bilim olishdan charchamang!

Sharhlar yozib qoldiring – qiyinchiliklar bo’lsa, yordamberamiz!

Yelena Burova

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars

14-dars

15-dars

16-dars

17-dars

18-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published