27-dars. "Ищете" mi yoki "ищите" – glagollar yozilishini qanday farqlash mumkin?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonlik bilan do’stlashing va u sizga hech qachon pand bermaydi!

27-dars. "Ищете" mi yoki  "ищите" – glagollar yozilishini qanday farqlash mumkin?

 

Do’stlar! Rus tilida shunday glagollar borki, yozilishida birgina harf ma’noni o’zgartirib yuborishi mumkin. Buni "искать" glagoli misolida ko’rib chiqamiz.

Qaysi biri to’g’ri: вы ищете yoki вы ищите?

Ikkalasi ham o’zicha to’g’ri, vaziyatga qarab. Bu yerda glagoldagi birgina harf ma’noni o’zgartirib yuborishi mumkin.

Eslab qoling!

Glagol "что (c)делаете?" savoliga javob bersa, (bunda udareniye birinchi va yagona "и"ga tushadi) "ищете" yoziladi:

Вы и'щете в интернете нужную статью и делаете краткий её конспект.

Вы ищете, пробуете, ошибаетесь и заблуждаетесь - и вдруг однажды на вас нисходит озарение.

Glagol повелительное наклонение (buyruq mayli) da turgan bo’lsa, ya’ni  "делайте!" ma’nosini bersa (udareniye ikkinchi "и"ga tushsa) – "ищите" deb yoziladi:

Ищи'те ответы на свои вопросы сами!

Ищи'те, ищи'те и не сдавайтесь - и вы получите желаемое!

 

Bu qoida вязать, лизать, писать, плясать, сказать, указать, чесать, шептать va boshqa shu kabi glagollarga ham tegishli:

что (с)делаете? - делайте!

вя'жете - вяжи'те

ли'жете - лижи'те

пи'шете - пиши'те

пля'шете - пляши'те

ска'жете - скажи'те

ука'жете - укажи'те

че'шете - чеши'те

ше'пчете - шепчи'те

 

Tavsiya: agar siz biror bir glagolning manosini tushunmasangiz, Словарь русского языка С. И. Ожегова! (Ojegovning rus tili lugati)ga qarab, bilib olishingiz mumkin!

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a)"Семь умников" ertagining matnini yuklab oling va matnni kuzatgan holda ertakni onlayn tinglang; b)har bir gapdan keyin audioni pauzaga qo’yib, har bir gapni suxandon ketidan qaytaring; audiodagi kabi aniq talaffuz qilishga harakat qiling; d)ertakni yod oling va o’zingizni diktofonga bir necha marotaba yozib oling; har gal talaffuzingiz yaxshilanib borishi kerak!

Bilim olishdan charchamang – natija albatta bo’ladi!

Yelena Burova 

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars

14-dars

15-dars

16-dars

17-dars

18-dars

19-dars

20-dars

21-dars

22-dars

23-dars

24-dars

25-dars

26-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published