50-dars.Qo’shma so’zlarda ikkilangan undosh harflar

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonligingizni oshira turib, aql-idrokingizni ham oshirasiz!

 50-dars.Qo’shma so’zlarda ikkilangan undosh harflar

1.Главный врач, поселковый совет, родильный дом – dastlab aynan mana shunday yozilgan!

Ammo so’zlashuv chog’ida odamlar so’zlar birikmasini qisqartirib, ularni so’zlarga aylantirib yubordilar. Shunday qilib, главный врачглавврач ga, поселковый совет – поссовет ga, родильный дом – роддом ga aylanib ketdi.

Demak, eslab qoling! Qo’shma so’zlarga agar birinchi so’z qisqatmasi hamda ikkinchi so’z boshlanishi bir xil undosh harf bo’lsa, so’z o’rtasida o’sha undosh harf ikkilanib yoziladi:

главный врач - главврач

поселковый совет – поссовет

родильный дом – роддом 

 

2.Граммофонная пластинка, групповой комитет, групповой организатор, конный армеец – mazkur so’z birikmalari ham keyinchalik qo’shma so’zlarga aylangan (ikkilangan harfli so’zlarga e’tibor bering). Birinchi punktdagi so’z birikmalaridan farqli o’laroq mazkur so’z birkmalaridan tashkil topgan qo’shma so’zlarda ikki so’z qo’shiladigan joyda ikkilangan harflar yo’q, masalan:

граммофонная пластинкагрампластинка

групповой комитет – групком

групповой организатор – групорг

конный армеец – конармеец

Eslatib o’tamiz, ikkilangan undosh harflar qatnashgan qo’shma so’zlar juda kam. Shuning uchun bunday so’zlarni va ularning to’g’ri yozilishini eslab qoling.

Keyingi darslarimizda biz so’z tarkibida ikkilangan undosh harflar yozilishi mavzusini yana davom ettiramiz.

27- hamda 28-darslarni takrorlang va bilimingizni sinab ko’ring!

Bilim olishdan charchamang!

Darslarimiz haqidagi fikr-mulohazalaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

 

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-dars

34-dars

35-dars

36-dars

37-dars

38-dars

39-dars

40-dars

41-dars

42-dars

43-dars

44-dars

45-dars

46-dars

47-dars 

48-dars

49-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published