42-dars. «Кремы, шлемы, договоры…» - okonchaniyesi doim -ы! Xatoga yo’l qo’ymang!

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli nutq hurmatga sazovor!

42-dars. «Кремы, шлемы, договоры…» - okonchaniyesi doim -ы! Xatoga yo’l qo’ymang!

Juda ko’p hollarda so’zlashuv nutqida quyidagilarni eshitish mumkin:

- Какие вы используете кремА?

- ПлинтусА будем класть в последнюю очередь!

- Вы проверили договорА за последний месяц?

- Наши бухгалтерА опять «на высоте»!

Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Noto’gri farazlarga to’xtalib o’tirmasdan, maqsadga o’tamiz. Shunchaki ko’plik sonda imenitelniy padejda okonchaniyesi «ы» bilan tugaydigan so’zlarni eslab qoling va talaffuzda udareniyeni to’g’ri qo’ying:

Крем – кре’мы

Плинтус – пли’нтусы

Шлем – шле’мы

Договор – догово’ры

Бухгалтер – бухга’лтеры

Драйвер – дра’йверы

Инженер – инжене’ры

Тренер – тре’неры

Возраст – во’зрасты

Месяц – ме’сяцы

Джемпер – дже’мперы

Свитер – сви’теры

Флаер – фла’еры

Принтеры, сканеры, баннеры, бойлеры, степлеры, триллеры, плейеры, дилеры, маклеры, менеджеры mazkur so’zlar rus tili lug’atiga yaqinda kirib kelgan bo’lib, rus tili qoidalariga amal qiladi!

Maslahat! Shu kabi boshqa so’zlarni uchratsangiz – ularning yozilishi va talaffuzini S.I.Ojegovning rus tili lug’atidan ko’rib olishingiz mumkin!

9-dars, 10-dars, 11-dars va 12-darslarni  takrorlab qo’ying!

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a)"Бай и казий" ertagining matnini shoshmasdan va aniq bir necha marotaba o’qib chiqing; b)Ertakning audioversiyasidagi suxandonni tinglab, talaffuzingizni taqqoslang; d)ertakni yod oling va va uni kuniga 2-3 marotabatakrorlab turing; talafufuzingizni ertakning audio-varianti bilan solishtirib turing.

Omad! Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-dars

34-dars

35-dars

36-dars

37-dars

38-dars

39-dars

40-dars

41-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published