35-dars. Сахара yoki сахару, чая yoki чаю, творога yoki творогу... Qay biri to’g’ri? (Birinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Rus tilini o’zlashtirishingizda – bizning Rus tili darslarimiz Sizga ko’makdoshdir!

35-dars. Сахара yoki сахару, чая yoki чаю, творога yoki творогу... Qay biri to’g’ri? (Birinchi qism)

Rus tilida turli xil moddalarni bildiruvchi sushestvitelniye mavjud. Bu shushestvitelniyelar Roditelniy padejda ba’zi hollarda , ba’zilarida esa harflari bilan tugallanadi. Keling, mana shu vaziyatlarni ko’rib chiqamiz, va rus tili naqadar go’zal til ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Oxiridagi harflarning almashinishi biz iste'mol qiladigan narsalar – shakar, choy, tvorog, sharbat va boshqalarni yoki kundalik hayotda ishlatadigan moddalarni - kerosin, mel, porox va hokazolarni bildiruvchi sushestvitelniylarga taalluqli ekanligini ta’kidlab o’tamiz.

Moddiy sushestvitelniyelarning Roditelniy padejda okonchaniyesi -у(ю) bilan tugaydigan ikki pozitsiya mavjud:

a)narsaning miqdorini bildiruvchi so’zlar bilan kelganda : ложка сахару, чайник чаю, таблетка аспирину, кастрюля супу, пакетик крахмалу, банка керосину, не так много луку va hokazo;

b)o’sha narsaning miqdorini bildiruvchi sushestvitelnoye glagol bilan birga kelganda: добавить пару (в парной), отсыпать сахару, купить рису, выпить квасу, взвесить творогу, отрезать сыру va hokazo.

Diqqat qiling! Roditelniy padejda oxiri bilan tugashi mumkin bo’lgan ba’zi so’zlar!

бензин, горох, дым, жир, изюм, керосин, коньяк, крем, лук, маргарин, мел, пар, перец, порох, сахар, ситец, снег, сок, сор, соус, творог, укроп, уксус, хрен, чеснок, шёлк, шоколад

Agar narsaning miqdorini belgilash shart bo’lmasa, -а (я) okonchaniyelari bilan tugaydi:

поставка чая, запах бензина, выращивание лука, хранение творога, производство сока va hokazo

Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:

a)"Хвастливый ворон" ertagining matnini bir necha marotaba o’qib chiqing; b) ertakning audio variantini tinglang – har bir gapdan keyin pauza qilib, suxandon ketidan qaytaring va talaffuzingiz originaliga o’xshashiga harakat qiling; d)qiyin so’zlarni ajratib olib, S.I.Ojegovning rus tili lug’atidan ularning ma’nosini bilib oling.

Bilim olishdan charchamang!

Savollaringiz bo’lsa, sharhlarda yozib qoldiring!

Bilmaganingizni so’rab, Siz o’z bilim doirangizni kengaytirasiz!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-dars

34-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published