33-dars. "Включат, вопят, доят, кроят... "- udareniyeni qayerga qo’yamiz?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

33-dars. "Включат, вопят, доят, кроят... "- udareniyeni qayerga qoyamiz?

Dostlar! Bugungi darsda sozlar talaffuzi, xususan bazi sozlarda udareniyeni qayerga qoyish haqida gap boradi.

"Звонят! Откройте дверь!" iborasini ovoz chiqarib ayting! Endi esa savol: "звонят" sozida udareniyeni qaysi bogimga qoydingiz?

"Звонят" so’zida udareniyeni ikkinchi bo’g’imga tushirgan bo’lsangiz, xato qilmagan bo’lasiz: звоня'т. Chunki bu va -ить qo’shimchasi bilan tugallanadigan ba’zi boshqa glagollar aynan shunday talaffuz qilinadi. Aynan ba’zi, hammasi emas. Rus tilida -ить qo’shimchasi bilan tugallanadigan glagollar judayam ko’p.

 

Diqqat! Quyida aniq udareniye bilan talaffuz qilib, eslab qolish zarur bo’lgan glagollar:

- бодри'ть - бодри'шь, бодри'т, бодри'м, бодря'т (взбодрить, подбодрить - таким же образом);

- включи'ть - включи'шь, включи'т, включи'м, включа'т (отключить - таким же образом);

- влачи'ть - влачи'шь, влачи'т, влачи'м, влача'т;

- вопи'ть - вопи'шь, вопи'т, вопи'м, вопя'т (завопить - таким же образом);

- дои'ть - дои'шь, дои'т, дои'м, доя'т (надоить - таким же образом);

- звони'ть - звони'шь, звони'т, звони'м, звоня'т (позвонить, дозвониться - таким же образом);

- кори'ть - кори'шь, кори'т, кори'м, коря'т;

- крои'ть - крои'шь, крои'т, крои'м, кроя'т (раскроить - таким же образом; но выкроить - выкроишь, выкроит, выкроим, выкроят);

- пои'ть - пои'шь, пои'т, пои'м, поя'т (напоить - таким же образом);

- сори'ть - сори'шь, сори'т, сори'м, соря'т (насорить - таким же образом)

1-Maslahat. Sizga notanish bo’lgan so’zning ma’nosini S.I.Ojegovning rus tili lug’atidan bilib oling.

2-Maslahat. Glagollarni yod oling va karra jadvalini yod olganday, ko’p marotaba takrorlang va udareniyega e’tibor bering!

Rus tili nutqimizni takomillashtiring:

a)"Мудрый табунщик" ertagining matnini yuklab oling va ertakni onlayn tinglagan holda uni bir necha marotaba o’qing; b)har bir gapdan keyin audioni pauzaga qo’yib, suxandon ketidan qaytaring; audiodagi kabi aniq talaffuz qilishga harakat qiling; d)ertakning birinchi qismini yod oling va uni biror yaqiningizga gapirib bering: buni imkon qadar ta’sirli va ifodali bajaring. Bilim olishdan charchamang! Qanday uddalaganingiz va natijalaringiz haqida bizga yozib yuboring!

Yelena Burova

1-32 Darslar

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published