14-dars: Qanday yoziladi: “нестыковка” yoki “не стыковка”? (Ikkinchi qism)

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodxonlik tahsinga loyiq fazilat!

14-dars: Qanday yoziladi: нестыковка” yoki “не стыковка”? (Ikkinchi qism)

“Не” chastitsasining ot so’z turkumi bilan qanday yozilishi haqidagi mavzuni o’rganishni davom еttiramiz – qo’shilibmi yoki alohida?

Javob: vaziyatga qarab!

Bu darsda “не” chastitsasining ot so’z turkumi bilan alohida yoziladigan vaziyatlarni ko’rib chiqamiz:

Gapda qarama-qarshilik ifodalanayotgan bo’lsa:

Это не стыковка, а просто столкновение!

Это не работа профессионала, знающего своё дело на все сто (не качественно, а плохо).

Это не проявление воли истинно свободного человека (не то, что можно подумать, а совсем другое).

So’roq gapda mantiqan inkor tasdiqlanayotgan bo’lsa:

Погода сегодня замечательная, не правда ли?(нельзя заменить: ...ложь ли?)

Какой милый малыш, не правда ли?

Yanayam tushunarli bo’lishi uchun taqqoslab chiqamiz:

Значит, вы всё выдумали, не правда ли? - Значит, вы сказали неправду?(Вы сказали ложь?)

Diqqat bilan qarasangiz – hammasi oddiy!

 

Rus tili nutqimizni mukammallashtiramiz:

a) saytimizda joylashtirilgan yangi “Юноша, орёл, медведь и лисица” nomli ertak matni bilan tanishib chiqamiz – ushbu ertakning matnini yuklab oling; b) havola orqali o’tib, ertakni bepul onlayn tinglang va bir vaqtning o’zida matnni ham kuzating; d) audioni pauzaga qo’yib, har bir gapni suxandonning ketidan uch-besh marotaba qaytaring; e) matnni boshdan-oyoq o’qib chiqing, o’zingizni diktofonga yozib olingda, uni original bilan solishtiring.

7-darsda shunga o’xshash vaziyat bayon qilingan – uni ham takrorlab qo’ying!

Savollaringiz bo’lsa, sharhlarda yozib qoldiring, biz ularga albatta javob qaytaramiz!

Bilim olishdan charchamang!

Yelena Burova

1-dars

2-dars

3-dars

4-dars

5-dars

6-dars

7-dars

8-dars

9-dars

10-dars

11-dars

12-dars

13-dars 

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published