RUS TILI SAVODXONLIGI
Savodxonlik – mustaqil bilim olishdagi katta natijadir!
8-dars. Пол- chisliteli murakkab tarkibli so’zlarda qo’shilib, defis va alohida yozilishi
Пол- chisliteli “половина” so’zidan kelib chiqqan: половина восьмого, половина пути, половина города, половина Азии. Mazkur chilitelning so’zlar bilan yozilishining turli xil variantlari mavjud:
1)Agar so’z “л”dan boshqa istalgan undosh harf bilan boshlansa, пол- chisliteli ushbu so’z bilan qo’shilib yoziladi: полчаса, полсуммы, полпорции, полтыквы;
2)Narechiyelarda (ravish) пол- chisliteli qo’shilib yoziladi: вполголоса, вполуха, вполглаза, вполслуха, вполноги, вполроста, вполсилы, вполнакала, вполцены, вполоборота, вполовину, вполпути, вполоткрыта, вполпьяна, вполсыта; (agar biror so’zning ma’nosini tushunishga qiynalsangiz, (S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atiga qarang);
3)Agar soz’ unli yoki “л” harfidan boshlanda, yoki atoqli ism bo’lsa, unda пол- chisliteli defis orqali yoziladi: пол-арбуза, пол-огорода, пол-лимона, пол-литра, пол-Ташкента, пол-Евразии.
Eslatma: Agar пол- chisliteli mustaqil ma’noga ega bo’lib, so’z bilan uning orasida “prilagatelnoye” tursa, пол- chisliteli alohida yoziladi: пол кирпичного дома, пол овощного рынка. Ammo, bu so’zlashuv iborasi, adabiy tilda – половина кирпичного дома, половина овощного рынка bo’ladi va hokazo.
7-darsni takrorlab oling – hammasini to’g’ri o’zlashtirganligingizga ishonch hosil qiling!
Rus tili nutqimizni mukammallashtirishda davom etamiz:
O’tgan darsda biz "Как старик бился об заклад со своей старухой" audio-ertagidagi qiyin so’zlarni o’zlashtirgan edik (yuklab olmaganlar bepul yuklab olishlari mumkin). Mana endi ertakni ikki-uch marotaba tinglab olamiz, so’ngra uni gapirib berib, o’zimizni diktofonga yozib olamiz. Yetti kun davomida o’zingizni yetti marotaba diktofonga yozib boring. Bir haftadan keyin diktofondagi birinchi va oxirgi yozuvlaringizni taqqoslab ko’ring.
Natijalaringizni biz bilan izohlarda bo’lishing va savollaringiz bo’lsa, yuboring!
Bilim olishdan charchamang!