UY-RO’ZG’OR BUYUMLARI HAQIDA TOPISHMOQLAR

Posted by mlt mlt on

Uyni bezab tursam ham
 Bosadilar oyoqda.
 Agar chang bo’lsam meni
Uradilar tayoqda. (Gilam)
 
***
Yasaladi bu buyum
Yog’och, nikel, kumushdan.
 Qo’lga ushlasak uni
Uramiz ko’p-ko’p oshdan. (Qoshiq)
 
***
Dengizdagi kemaga o’xshab
Kiyim-kechak ustida yurar.
G’ijimlangan yo’lni ketkazib
Oldinga, goh orqaga yurar. (Dazmol)
 
***
Xartumi bor fil emas
Uyda axlat qoldirmas.
 Changlarni tortib olar
Bizga yordamchi bo’lar. (Changyutgich)
 
***
Unga qarasa kimdur
O’z aksini ko’radi.
Gar bo’lsa yuzi qiyshiq
Undan xafa bo’ladi. (Ko’zgu)
 
***
Xizmatdaman tunu-kun
O’zim tomda turaman.
Uzoqdagi tovushni
Darhol ilib olaman.
Olislarni ko’raman
Ko’zlarim yo’q bo’lsa ham.
 Ko’rganimni uzatay,
Voqif bo’ling sizlar ham. (Antenna)
 
***
Bir tekisda yuradi
Lek bir joyda turadi.
Chiq-chiq deb ovoz berar
Har dam vaqtni bildirar. (Soat)
 
***
Bo’ri, ayiq tishidan
Uzunroq mening tishim.
Soch va soqolni silab
O’tishdir mening ishim. (Taroq)
 
***
Bir shkafim bor ro’zg’orda
Uni bir ochib ko’rda.
Ichkarida qish fasli
O’zi bu nima asli? (Muzxona)
 
***
Kichik yog’och bir uycha
 Uychada bor o’tincha.
O’tinchalar juda ko’p
Chaqsangiz bo’ladi o’t. (Gugurt)
 
***
U dumaloq go’yyo shar
Hamma uni talashar.
Kimdur urar qo’lida,
 Kimdur tepar yo’lida.
Kimdur otar uzoqqa
Tushiray deb tuzoqqa. (Kopto’k)
 
***
Boshimni qo’yib unga
Uyquga men ketaman.
 Ichi to’la parlarga
 Yumshoqqina yotaman. (Yostiq)
 
Hurmat bilan,
school-work.net manbaidan qisqa tarjima

0 comments

Leave a comment