HAYVONLAR HAQIDA TOPISHMOQLAR ( javobi bilan)

Posted by Dilya Usmanova on

Tanasida ninacha
Joylashgandur ko’pancha.
Bo’lib olsa dumaloq,
Ushlolmaysan uni, yo’q.

(Tipratikan)

***
Kuchukday ko’rinishi,
Pichoqday o’tkir tishi.
Vahshiy hayvondir o’zi,
Yeydi qo’yu va qo’zi. (Bo’ri)


***
Mening o’rkachlarim bor
Ular go’yoki ombor.
Bir haftaga yetgulik.
Bordur unda yegulik.(Tuya)


***
Uzun baland bo’yi bor
Toping qaysi jonivor.(Jirafa)


***
Buqa emas shoxi bor,
Chol emas soqoli bor.
Sut beradi sigirmas,
U ham topilmay qolmas. (Echki)

***
Bir otim bor ajoyib
Ko’rsang juda g’aroyib.
Na oq emas, na qora
Ranglari ola –bula. (Zebra)


***
Bo’ridan u qochadi
Juda ham tez chopadi.
Quloqlari uzunroq
O’zijuda ham qo’rqoq.(Quyon)


***
Asalni xush ko’radi,
Qishda tushlar ko’radi.
Bahorgacha uxlaydi
Barmoqlarin so’radi.(Ayiq)


***
Bu hayvonning ajoyib
Shoxlari bor g’aroyib.
Juda katta bahaybat
Ko’rsangiz deysiz daraxt.(Bug’u)


***
Uzun quloq quyonmas,
Rangi kulrang bo’rimas.
Tuyog’I bor ot emas,
Uni toppish qiyinmas. (Eshak)

***

Hayvonlarning ichida
Eng sodiq do’st odamga.
Erta-yu kech poylaydi
Qorovuldir uyimga.(It)

**
Uning bordur xartumi,
Qulog’lari va dumi.
Ko’rinishi bahaybat
Uni ham toping albat.(Fil)


Mantiqiy topishmoqlar

Uy-ro'zg'or buyumlari haqida topishmoqlar

Bolalar uchun mantiqiy, chalg'ituvchi savollar

Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish

4 comments


  • RAXMAT

    Ilxam on

  • Ssszzz

    Abdumajidov Abduhafiz on

  • Assalomu alaykum

    Omina on

  • God

    Kamron on

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published