News — bolalar uchun ertaklari
O'zbek tilida bepul audio ertaklarni tinglang
Posted by Уткир Якубов on
BEPUL TINGLANG AUDIO ERTAKLARNI
DONO QIZ (ertak o'qish)
Posted by Елена Бурова on
Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Kunlardan bir kun podsho o‘z eliga ikkita savol beribdi.
— Shirindan shirin nima? Achchiqdan achchiq nima?
Podsho bu savolni yechish uchun odamlarga qirq kun muhlat beribdi: «Agar hech kim savolni yecha olmasa, yurtga qirg‘in solaman», debdi. Bu savolga hech kim to‘g‘ri javob topa olmabdi. Podsho zulmidan qo‘rqqan xalq boshqa tomonlarga qarab qochib keta boshlabdi...

NAVOIY BILAN YAMOQCHINING O'G'LI (ertak o'qish)
Posted by Елена Бурова on
O‘tgan zamonda bir yamoqchi bo‘lgan ekan. Uning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib maktabga qatnar ekan.
Bir kun maktabga ketayotib, yigit katta bir boloxonada o‘tirgan chiroyli qizni ko‘ribdi-da, unga oshiqi beqaror bo‘lib qolibdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qiz ko‘rinmay qolibdi. Yigit sevganini bir ko‘rishga zor bo‘lib, ko‘p azoblanibdi. Bir kun kechqurun maktabdan qaytib kelayotganida beixtiyor boyning darvozasidan kirib, tashqari hovlidan o‘tib, to‘g‘ri ichkari hovliga qarab yuribdi va birdan qizni ko‘rib yuragi o‘ynab ketibdi...

KIYIK BILAN KADI
Posted by Елена Бурова on
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning tog‘ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qo‘yibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar ekan. Kadi osilgan kundan boshlab kiyik uyasidan chiqa olmay qolibdi. Kiyik har kuni asta uyasining og‘ziga kelib qarab, yana kadining taraqlaganini eshitib, «Mergan bo‘lsa kerak» deb qo‘rqib, uyning to‘riga qochib kirib ketar ekan...
BURGUTLAR
Posted by Елена Бурова on
Bir tog‘ etagidagi g‘orda bir shahzoda, bir ayiq, bir tulki va bir burgut yashar ekanlar. Burgut butun dunyodagi burgutlarning podshohi ekan. Ayiq ham butun dunyodagi ayiqlarning podshohi ekan.Tulki ham dunyodagi barcha tulkilarning podshohi ekan.
Kunlardan bir kuni tulki va burgut bir shaharga kelibdilar...