66-dars. Во первых, вопервых или во-первых - qay biri to'g'ri?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Savodli bo'lishingiz - ta'lim olishga qo'shgan sarmoyangiz!

66-dars. Во первых, вопервых или во-первых - qay biri to'g'ri?

Azizlar! Hammangiz rus tilidagi первый, двадцатый, сто сорок восьмой и т.д. kabi tartib sonlar (Порядковые числительные) ni bilan tanishsiz. Bugungi mavzuimizda esa yuqorida aytib o'tilgan tartib raqamlaridan hosil bo'lgan narechiyelarga e'tibor qaratamiz, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi ko'plab izoh va kommentariyalarda shunday so'zlarda juda ko'p xatolarni kuzatamiz.

Yodda tuting: tartib sonlaridan в-/во- pristavkalari yordamida hosil bo'lgan narechiyalar defis orqali yoziladi!

Yanayam aniqroq bo'lishi uchun tartib raqamlaridan hosil bo'lgan narechiyelarni uch guruhga bo'lib chiqamiz.

  1. A) Bir murakkabli tartib sonlar (односложные порядковые числительные) dan hosil bo'lgan narechiyelar:

первый – во-первых;

второй – во-вторых;

третий – в-третьих ….  U yog'iga 20 gacha o'zingiz davom eting!

Endi esa ikki va undan ortiq bo'lgan so'zlardan iborat bo'lgan keyingi guruhga o'tamiz.

  1. B) Ko'p murakkabli tartib sonlar (многосложные порядковые числительные) dan hosil bo'lgan narechiyelar:

двадцать первый – в-двадцать-первых;

тридцать второй – в-тридцать-вторых;

сорок третий – в-сорок-третьих… первый – во-первых;

сто двадцать первый – в-сто-двадцать-первых;

двести тридцать второй - в-двести-тридцать-вторых;

триста сорок третий – в-триста-сорок-третьих…  U yog'ini sabriz yetkuncha davom ettiring!

Aslida, ko'p murakkabli tartib sonlardan hosil bo'ladigan narechiyelar uncha ko'p uchramasa ham, bilib qo'yish foydadan holi emas!

C)"Последний" so'zidan hosil bo'lgan, kam uchraydigan narechiye - yozilishini eslab qoling:

последний – в-последних

 Quyida tartib raqamidan hosil bo'lgan narechiyelarga misollar:

- Мы не будем закупать ваши огурцы. Во-первых, вы используете слишком много удобрений. Во-вторых, нас не устраивает цена: даже при рыночных условиях вы слишком завышаете оптовую цену. В-третьих - и в-последних, будем откровенны: у нас уже есть более выгодное предложение от ваших конкурентов.

 - Ты не сможешь добиться желаемого результата быстро. Во-первых, ты так и продолжаешь слишком много есть. Во-вторых, в зале занимаешься нерегулярно. В-третьих, все энергетики нужно категорически исключить из употребления – мы это обсуждали уже. И в-четвёртых, ты себя не обманываешь? Ты, действительно, хочешь похудеть?

Xulosa: mavzu murakkab emas, yo'nalishni tushunib olsangiz, tartib sonlardan hosil bo'lgan narechiyelar yozilishida yanglishmaysiz. Mana shu so'zlardan mustaqil gaplatr tuzib, o'zingizni ustingizda ishlang.

60-darsni yana bir ko'rib chiqing.

Uning mavzusi bugungi darsimizga juda yaqin.

Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-54 Darslar

55-Dars

56-Dars

57-Dars

58-Dars

59-Dars

60-Dars

61-Dars

62-Dars

63-Dars

64-Dars

65-Dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published