62-dars. Побольше, почаще, почище, получше kabi so’zlarni to’g’ri yozishni o’rganamiz

Posted by Dilya Usmanova on



RUS TILI SAVODXONLIGI

Savod haqida ortiqcha gapirish emas – savodli bo’lish uchun harakat qilish kerak!

62-dars. Побольше, почаще, почище, получше kabi so’zlarni to’g’ri yozishni o’rganamiz

Do’stlar! Ko’pincha ijtimoiy tarmoqlarda nutqimizda keng tarqalgan quyidagi so’zlarga duch kelamiz:

По больше, по чаще, по лучше, по чище  va xokazo.

Siz ham shunday yozarmidingiz?! Xabarlaringizda tez-tez foydalanadigan bu so’zlar aslida qanday yozilishini ko’rib chiqamiz.

Demak, eslab qoling:

- побольше, почаще, получше, почище kabi so’zlar doim qoshib yoziladi!

Pristavka bilan qo’shib yoziladigan shu kabi so’zlarga yana misollar:

пожиже, пошире, поподробнее, пожирнее, погорячее, похолоднее, подобрее, поскромнее, постарше, помладше, построже, покрасивее, побыстрее, поздоровее и т.п.

Rus tili so’z boyligingizni ishga solib, o’zingiz ham shunday so’zlarga misollar yozing.

Yangi narsa o’rganganda, yaxshiroq eslab qolish uchun xotira mashqlarini bajarish zarur. Buning uchun eslab qolish kerak bo’lgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzib, ularni yozish lozim. Birgalikda bajaramiz:

- Кладите луку побольше – самса будет вкуснее! 

- Звоните своим родителям почаще – им всегда приятно слышать голоса своих детей. 

- Протри бокалы сухой салфеткой получше, чтобы не было следов от пальцев. 

- Мы решили прибрать в комнате почище, чтобы хватило на неделю. 

- Расскажите вашу историю поподробнее – для нас важны все детали и мелочи. 

- Побыстрее, побыстрее! Через минуту поезд отправляется!

Vaziyatdan unumli foydalaning – do’stlaringiz, hamkasblaringiz, tanishlaringiz bilan yozishmalarda mana shu kabi so’zlardan foydalaning. Bunday so’zlashuv suhbatdoshingizda iliq taassurot qoldiradi.

Bugungi darsni yaxshi o’zlashtirdingiz, degan umiddamiz!

O’tgan darslarni ham takrorlab qo’yishni unutmang!

Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-54 Darslar

55-Dars

56-Dars

57-Dars

58-Dars

59-Dars

60-Dars

61-Dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published