News — o'zbek xalq ertaklari o'qish onlayn

DONO QIZ BILAN BOY (ertak o'qish)

Posted by Елена Бурова on

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan o‘n ikki yoshlik qizi yolg‘iz yashashar ekan. Ularning bisotida bitta tuya, bitta ot va bitta eshak bor ekan.
Chol o‘rmondan o‘tin terib kelib, ularni sotib tirikchilik qilar ekan. Qiz esa uy ishi bilan band bo‘lar ekan. Chol odatdagidek, tuyaga o‘tin yuklab bozorga boribdi. Uning yoniga semiz bir boy kelib:
— Utinni necha puldan sotyapsiz? — deb so‘rabdi. Chol:
— Uch tangadan, — javob beribdi. Boy:
— Senga o‘n tanga beraman, shartim shuki, o‘tinni uyga olib borib berasan, — debdi...

Read more →


NAVOIY BILAN YAMOQCHINING O'G'LI (ertak o'qish)

Posted by Елена Бурова on

O‘tgan zamonda bir yamoqchi bo‘lgan ekan. Uning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib maktabga qatnar ekan.
Bir kun maktabga ketayotib, yigit katta bir boloxonada o‘tirgan chiroyli qizni ko‘ribdi-da, unga oshiqi beqaror bo‘lib qolibdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qiz ko‘rinmay qolibdi. Yigit sevganini bir ko‘rishga zor bo‘lib, ko‘p azoblanibdi. Bir kun kechqurun maktabdan qaytib kelayotganida beixtiyor boyning darvozasidan kirib, tashqari hovlidan o‘tib, to‘g‘ri ichkari hovliga qarab yuribdi va birdan qizni ko‘rib yuragi o‘ynab ketibdi...

Read more →


BO'RI BILAN ECHKI

Posted by Елена Бурова on

Bir kuni echki podadan ajralgan ekan, oldidan och bo‘ri chiqib qolibdi.
— Seni yeyman! — debdi bo‘ri.
— Meni-ya? — debdi echki.
— Ha, seni...

Read more →