Ta’na a’zolari qatnashgan frazeologik iboralarga misollar

Posted by Dilya Usmanova on

Ta’na a’zolari qatnashgan frazeologik iboralarga misollar:

1.Tepa sochi tikka bo’ldi – jahli chiqdi;
2.bosh og’rig’i – ortiqcha dahmaza;
3. bir boshini ikki qildi – oilali qildi; uylantirdi;
4. Ko’krakni zaxga berib yotish – istirob chekish;
qo’li uzun – ortiq darajada imkoniyatga ega;
5.qo’lini sovuq suvga urmaydi – qiyinroq jismoniy mehnatni umuman qilmaydi;
6. tili uzun – har qancha gapirishga haqqi bor;
7. yuzi yorug’ – uyaladigan joyi yo’q;
8. ochiq chehra bilan – yaxshi kayfiyat bilan;
9.ochiq ko’ngil – samimiy, g’ayirlikni bilmaydigan;
10. es-hushini olib qo’ydi – o’ziga haddan ortiq darajada mahliyo qilib qo’ydi;
11.esi og’ib ketmoq – hayoli biror narsa haqidagi o’y-hayollar bilan band bo’lmoq;
12. miyani qoqib, qo’liga bermoq – so’rayverib, miyasini charchatmoq, sergapligi bilan bezdirmoq;
13.nafasi ichiga tushmoq – qo’rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo’lib qolmoq;
14. qo’lini sovuq suvga urmaslik – qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaslik;
15. qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirmoq – yolg’on va’dalar bilan aldamoq;
16. qo’ltig’idan tarvuzi tushdi ( tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq ma'nosi) – umidi puchga chiqib, bo’shashdi;
17. qo’lni yuvib, qo’ltiqqa urmoq – ixlosi qaytib, ishonmay qo’yish;
18. tirnoqqa zor – befarzand, farzandi yo’q;
sochi tikka bo’ldi – bir lahzaning o’zida nihoyatda g’azablandi;
19. tirnoq orasidan kir qidirmoq – yomon niyat bilan deyarli aybi yo’q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
20. u qulog’idan kirib, bu qulog’idan chiqib ketdi – e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmadi;
21. yuragini oldirib qo’ydi – bezillab qoldi;
22. yuz ko’rmas bo’ldi – aloqani butunlay uzdi;
23.yuragiga qil sig’maydi – juda qattiq tajang bo’lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg’ul bo’lolmaydi;
24. yuragi tovoniga tushib ketdi – qo’rqib ketdi;
25.oyog’idan o’t chqnamoq – chaqqon;
26.oyoqni qo’lga olib – tezlikda, shoshilib;
27.barmog’ini bigiz qilib – barmog’i bilan ko’rsatish;
28.jigaridan urmoq – sevib qolmoq;
29.o’pkasini qo’ltiqlab – hovliqib, shoshilib;
30.beli bukilmagan – yap-yangi;
31.tishini kavagida saqlagan – avaylab, yiqqan tergan narsa;
32.suv bossa to’pig’iga chiqmaydi – beparvo;
33.qulog’ini tom bitgan – eshitmaydigan, kar;
34.o’zini tanobi qochmoq– biror narsani tatib ko’rish istagi;
35.qo’li kosov, sochi supurgi – tinmay mehnat qiladigan, xizmatkorga tenglashtirish;
36.qo’li egri – o’g’ri, o’g’rikikka moyil;
37.boshi oqqan tomon – duch kelgan tomon;
38.beli baquvvat – boy;
39.tili uzun – ustun;
40.badanidan o’tib ketdi – alam qildi;
41.bel bog’ladi – kirishdi, unnadi, qaror qildi;
42.kekirdagini cho’zmoq – baqirmoq;
43.ko’ziga cho’p solmoq – aldamoq;
44.beliga tepmoq halaqit bermoq;
45.yuragi betlamadi - haddi sig’madi;
46.besh panjasini og’ziga tiqmoq – ochko’zlik;
47.bir yoqadan bosh chiqarish – ahillikda harakat qilish;
48.boshing yostiqqa tekkanda – kasal bo’lganda;
49.og’ziga talqon solmoq – sukut saqlash;
50.tilini tishladi – jim bo’lib qoldi;
51.yuzingda ko’zing bormi demay – ayamay;
52.ko’z yummoq – ko’rmaganlikka olmoq;
53.qo’liga olmoq – bosh bo’lmoq; tinchlanish;
54.qo’li ochiq – saxiy.

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published