DILOROM KARIMOVA : “HANUZGACHA ERTAKLARDA YASHAYMAN…” (Dilorom Karimova haqida malumot)

Posted by Dilya Usmanova on

Facebookdagi Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani Malika Ibrohimova tomonidan o’qib eshittirganligi haqidagi xabar, televideniyedagi Iqbol Xoshiyevaga bo’lgan murojaat, Shomahmud Shorasulovning “Audiokitob” loyihasining yopilishi haqidagi xabari – bu hodisalarning hammasi zanjirdek ketma-ket sodir bo’ldi. Biroq oradan bir yil o’tib, kutilmagan qo’ng’iroq bo’lib qoldi. Aynan shu qo’ng’iroq Dilorom Karimovaning hayotida ijodiy salohiyatlarining yana bir qirrasini namoyon qilish imkonini berdi. Audiokitoblar! Bu – uzoq kutilgan, orzuidagi sevimli, maroqli – bir aktyor teatridir, bu yerda u o’ziga o’zi rejissyor.

Dilorom Karimova juda mashhur, uni ko’chadagi erkak va ayollar, yoshu-qari tanib, u bilan salomlashib o’tadilar, ba’zilar esa u bilan bir og’iz suhbat qurishni istaydilar. Uning mashhurligi ham, ijodiy hayoti ham, dunyoqarashi ham – bari o’zgacha...

Dilorom Abdumalikovna Karimova 1948 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Abdumalik Ibrohimov – jurnalist, pedagog, yurist kasbida faoliyat yuritgan hamda Dilorom opaning hayotida eng muhim shaxs bo’lgan va shunday bo’lib qoladi.

Otasi Abdumalik Ibragimov. 1940 yillar.

Fashist Germaniyasiga qarshi urush boshlanganida Abdumalik ota ko’ngillilar qatorida frontga ketmoqchi bo’lgan, ammo unga bron berib, shaharda qoldirishgan. U zavodda ishlab, ta’lim ham bergan.

 Отец Дилором Каримовой работал на заводе и преподавал.

Abdumalik Ibragimov (o’rtada) kechki maktabning o’quvchi-ishchilari orasida. 1942-1943 yillar

Diloromning onasi Muazzam opaning kasbi shifokor bo’lgan va u Ulug’ Vatan urushi yillarida Toshkentdagi gospitalda faoliyat yuritgan. Bu gospitalda Leningrad shahridan evakuatsiya qilingan Anna Axmatova yarador askar va tibbiyot xodimlariga o’zining she’rlarini o’qib berar edi.

Мама Дилором Каримовой работала в госпитале

Onasi Muazzam Ibragimova. 1941-1942 yillar.

 

Abdumalik ota va Muazzam opaning olti nafar farzandlari bo’lgan: besh qiz va bir o’g’il.

В семье Дилором было шестеро детей: пять девочек и один мальчик.

Ota-ona va uch qiz (eng kattasi Dilorom o’rtada)

Maktabda Dilorom opa “a’lo” baholarga o’qigan.Matematika bo’yicha olimpiadalarda tez-tez qatnashib turgan. 9-sinfga o’tganida uni matematika maktabiga yubordilar.

Dilorom opa maktabda o’qiyotgan davrida astronomiya faniga juda qiziqqan va astronom bo’lishni orzu qilgan. Unda koinotga, yulduzlar, sayyoralar tizimi, o’zga gallaktikalarni o’rganishga qattiq qiziqish bo’lgan. Ammo maktab yaqiniqa dramatik to’garak bo’lib, u ham yosh qizning diqqatini o’ziga jalb qilgan. Diloromning ota-onasi ziyolilardan bo’lishgan, ular oila bilan birgalikda teatrlarga – Muqimiy nomidagi musiqali komediya teatri hamda Yosh tomoshabinlar teatriga spektakllarni tomosha qilish uchun borib turishar edi. Dilorom ham bu spektakllarning hammasiga borar edi, uning bo’yi kichkina bo’lganligi uchun tomoshalarni turib tomosha qilardi. U teatrni tik turib tomosha qilar ekan, qalban sahna ortidagi olamga talpinar edi. Aynan ana shunda Diloromning qalbida teatrga nisbatan muhabbat uyg’onadi va u ana shu tuyg’u ta’sirida drama to’garagiga yozilib, u yerda shug’ullana boshlaydi.

 “Drama to’garagidan keyin hammasi ostin-ustin bo’lib ketdi”

Dilorom opaning aktyorlik mahorati bo’yicha birinchi ustozi Ahmad Yunusov edi. U taniqli bastakor Yunus Rajabiyning to’ng’ich o’g’li, aktyor Obid Yunusovning akasi edi.A.Yunusov O’zTV ning musiqiy redaktsiyasida ishlar, havaskorlar to’garagida spektakllarni sahnalashtirishga juda qiziqar edi.

A.Yunusov Diloromning ovozi, uning iqtidoriga qoyil qolar edi. Dilorom ishtirok etgan spektakllar televideniye orqali namoyish etilar edi. Uning ijro etgan rollariga ko’pchilik tan berardi: “o’zi kamtargina bo’lsa ham, rollari burro-burro chiqqan”- deb aytishar edi. Biroq Diloromning tan olishicha u hech qachon maqtovlarni xushlamagan.

Роли Дилором Каримовой

“Shubha” spektakli. Xalq teatridagi sahna ko’rinishi, 1967 yil, rej. Ahmad Yunusov

Роль Дилором Каримовой , где она играла бойкую девчонку

“Yurak sirlari” spektakli, Surmaxon roli. Xalq teatridagi postanovka, 1967-68 yillar, rej. Ahmad Yunusov

Yosh iqtiqorli aktrisaning katta muvaffaqiyatlariga qaramay Ahmad Yunusov uning teatr institutiga kirishiga qarshi edi. U Diloromning fe’li teatrga mos kelmasligini, u ilm-fan bilan shug’ullanishi kerakligini uqdirar edi. Axir u maktabni ham oltin medal bilan bitirgan edi-ku.

Diloromning otasi Abdumalik aka ham qizining teatr institutiga hujjat topshirishiga qarshi edi. O’sha paytlarda u televideniyedagi musiqa redaktsiyasida ishlar edi. Dilorom aynan shu payt television spektaklda yomon kelin rolini o’ynayotgandi(bu vaqtda u 17 yosh bo’lib, maktabni bitirish arafasida edi). Spektaklning efirga uzatilishini rejissyorlik guruhi bilan birgalikda Abdumalik aka ham kuzatayotgan edi. Spektakldan keyin hamma xodimlar Diloromni qarsaklar bilan kutib oldilar va uning otasini ham tabrikladilar. Ana shundan keyingina ota qiziga teatr institutiga kirishiga ruxsat berdi.

Дилором Каримова в телевизионном спектакле

“Yurak sirlari” telespektakli, Surmaxon roli. 1973 yil postanovkasi, rej. Hamid Qahramonov

фото из сцены , где Дилором Каримова играла средную сноху

Uyg’un pyesasi asosidagi“Parvona” spektakli, Marhamat roli. Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatridagi postanovka, 1982 yil, rej.To’la Xo’jayev

Biroq Ahmad Yunusov Diloromning tibbiyot oliygohiga hujjat topshirishini qattiq talab qilib turib oldi.Dilorom esa hujjatlarini teatr oliygohiga topshirganini bildirmay yurdi. Bir kuni A.Yunusov repetitsiya vaqtida rol sahifalari orasida imtihon qog’ozini ko’rib qolganida, qattiq darg’azab bo’ldi: yolg’on evaziga Dilorom ustozidan tarsaki yedi.

Dilorom opa teatr institutida Nina Ivanovna Timofeyeva ismli redagogni ko’p esga oladi. U asli Leningradlik bo’lib, urush yillarida Toshkentga evakuatsiya qilingan edi.Dilorom u bilan qalin dugona edi, ularni iliq samimiy munosabatlar bog’lab turar edi.Nina Ivanovna haqiqiy inson bo’lishni o’rgatar edi: “Shoshqaloqlik qilish yaramaydi, cho’qqiga yugurib chiqish kerak emas. San’atda inson o’zini sevishi emas, san’atga xizmat qilishi lozim.Seni hayotda tanishlari emas, sahnada tomosha qilishlariga intilishing lozim”.

Nina Ivanovna A.N.Ostrovskiyning “Aybsiz aybdorlar” pyesasida Kruchinina rolini aynan Dilorom ijro etishini istar edi. Biroq Moskvada o’tkazilayotgan teatr oliygohlarining festivaliga o’zbek tematikasini tayyorlash buyurildi. Shunda Nina Ivanovna Asqad Muxtorning “Tug’ilish” romanini tanlab, uni Moskvadagi festival uchun tayyorlay boshladi. Nina Ivanovna J.-B.Molyerning “Soxta bemor” pyesasini sahnalashtirayotganida, Dilorom butun asarni o’zbek tiliga o’girgan. “Soxta bemor” pyesasi – institutning to’rtinchi kursida diplom spektakli ham bo’lib qoldi.

 

“O’z teatrini yaratishga qaror qildi…”

Teatrda Dilorom uchun do’stona muhitni ushlab turish, karyera tufayli, rollar tufayli do’stlardan ayrilib qolmaslik eng asosiy maqsad edi. Aktrisaning aytishicha, bunday xulosa noto’g’ri edi, biroq u shunday yo’l tutganiga afsuslanmaydi. Qiyinchiliklar, katta ijodiy mavqega erishmaganligiga qaramasdan, Dilorom opa bu kasbni tanlaganidan mamnun. “Aktyorlik kasbi olamga nisbatan qalbni ochishni, birovlarning alam va iztiroblariga nisbatan sezgir bo’lishni o’rgatadi”,- deb ta’kidlaydi aktrisa. Shuning uchun o’zgalarning iztiroblariga befarq bo’lgan, qalbida mehr-shafqat hamda rahmdillik tuyg’usi bo’lmagan shaxslarga Dilorom opa faqatgina achinadi.

Kunlardan bir kun O’zbekistondagi taniqli rejissyorlardan biri Bahodir Yo’ldoshev Dilorom opaga: “Sening maqsadga yetishishing amrimahol, chunki sen hamisha mustaqil bo’lishni xohlaysan”,- dedi. Shunday bo’ldi ham: ba’zi sabablarga ko’ra Dilorom opa teatrni tark etishga majbur bo’ldi.

Teatrdan ketgan Dilorom opa boshqa yo’nalishda o’zini sinab ko’rdi: u televideniyeda rejissyor sifatida faoliyat yurita boshladi va bunda katta ijodiy erkinlikni his qildi. U “Ostonasi tillodan”, "Oltin beshik”, “Ikki daryo oralig’ida” kabi bir necha turkum ko’rsatuvlarga rejissyorlik qildi. Ko’rsatuvlarni olish uchun uyushtirilgan ijodiy safar chog’ida Dilorom opa oddiy odamlar orasida o’zini erkin va yengil his etar va ular bilan ko’p muloqot qilar edi. Ijodiy safarga chiqar ekan, birato’la besh, yetti va hattoki o’nta ko’psatuv uchun material yig’ar edi. Va eng asosiysi – bu oddiy insonlarni Dilorom opa hurmat qilar va ularni ko’rsatuvlarida mehr bilan ko’rsatishga harakat qilar edi.

Bulardan tashqari Dilorom opa television filmlarga ssenariy yoza boshladi va ularda o’zi ham bosh rollarni ijro etdi. Bu “Quyoshi botmaydigan yurt” (ona roli), Bekatdagi oq uyog’a” (Madina roli), “Sevgim mening, ohim mening” (Shoxsanam roli) va boshqalar edi. “Quyoshi botmaydigan yurt” serialining ssenariysi uchun professor, kinoshunos va san’atshunos olim Hamidulla Akbarovdan tabriknoma qabul qildi. Serialning dastlabki ikkita seriyasining o’zi olimda katta taassurot uyg’otdi va u darhol Dilorom opani ijodiy yutug’i bilan tabrikladi.

 

“Bevaqt tug’ilgan…”

Teatr institutida o’qiyotgan davridayoq musiqadan dars beradigan pedagok Diloromga uzoq tikilib turib: “Sen bevaqt tug’ilgansan…”-, deb aytgan.

Yo’q, Dilorom ayni vaqtida tug’ilgan.U aktyorlikni tark etib, mustaqillikkka erishdi, televideniyeda o’zi istagandek ko’rsatuvlar yaratdi, ssenariylar yozib, ularda ushalmagan orzularini gavdalantira oldi.Shu bilan birga otasining xotirasiga bag’ishlab, “Po’rtana” nomli kitobini ham yozdi.

Роль Дилором из Кинофильма

“Quyoshi botmaydigan yurt” videofilmidan kadr, ona roli. 1996-98 yillar, rej.D.Karimova

Mazkur kitobning bosh obrazi – Diloromning otasi bo’lib, unda uning faqatgina hayoti tasvirlanmagan. Otasining hayot yo’li bilan birgalikda uning o’y-fikrlarini ham tasvirlagan Dilorom ularni o’zida mujassamlashtirdi va shu sababli ham ana shu darajaga yetishdi.

Diloromning otasi Ibrohim hojining zurriyodi bo’lib, oilaning kenja farzandi bo’lgan. U uch yoshligida otasi – Ibrohim ota vafot etgan.

Qiziq ma’lumot: Ibrohim hojining o’nta zavjasi bo’lib, ularning barchalari kambag’al oilalarning qizlari bo’lgan, boy bu oilalarning barchasiga yordam berib, ularni ta’minlab turgan. Ibrohim hoji kambag’al va faqirlarga hamisha muruvvat ko’rsatib kelgan. Sho’ro davrida sovet hukumati tomonidan Ibrohim hoji qamalganida ishchi va xizmatchilar boyning xalqparvar ekanligini ta’kidlab, uni ozod etishlarini so’raganlar. Xalqning iltimosini inobatga olib, hukumat Ibrohim hojini qamoqdan ozoq qildi, u esa o’z navbatida butun mol-mulkini sovet hukumatiga o’tkazib berdi.

Biroq sovet hukumati Diloromning otasi boyning o’g’li bo’lgani uchun uni umrining oxirigacha ta’qib etdi. Abdumalik aka vazirlar mahkamasida bor yo’g’i uch kun, Markaziy komitetda esa yetti kun ishlay oldi. Undan tarjimai holidan otasini, uning boy va hoji bo’lganligi haqidagi ma’lumotni olib tashlashni talab qilishar edi. Biroq Abdumalik aka otasidan voz kechmadi. “Otam felyetonchi bo’lgan, fosh qiluvchi maqolalarni yozishdan qo’rmagan. Uni bir necha marotaba o’ldirmoqchi bo’lganlar. Xizmat safari chog’laridan birida uni zaharlashgan. Shundan keyin uning oshqozonida jiddiy muammolar boshlandi. Bir necha oydan keyin esa o’n ikki barmoq ichak saratoni kelib chiqdi”,- deb xotirlaydi Dilorom opa.

Ehtimol, Dilorom opaning otasida tug’ma rostgo’ylik, haqiqat va iztirob tuyg’isi kuchli bo’lgan bo’lsa kerak. U bola yig’isini ko’tara olmas, boksni yomon ko’rar (chunki mushtlashiladi), inson qadr-qimmatining poymol etilishi va zo’ravonlikka chiday olmas edi.

Дилором Каримова с внуками

Dilorom Karimova qizlari va nabiralari bilan

“Hanuzgacha ertaklarda yashayman…”

“Yoriltosh” va “Malikai Husnobod” – Dilorom Karimova ijrosida jaranglagan o’zbek xalq ertaklarining ikki to’plamidir. Nabiralarini chin dildan sevuvchi hamda ularga ertaklarning ajoyib va sehrli olamini tortiq qiluvchi buvijonlargina bunday samimiy va jozibador ohangda so’zlay oladilar.

Dilorom opaning o’zi uchun esa ertaklar alohida ahamiyatga egadir. Aktrisaning aytishicha, aynan ertaklar uni g’am-g’ussa, umidsizlik va hasratdan asraydi. U hayotida sehrgar paydo bo’lib, uning armonlarini ro’yobga chiqarishiga ishonadi. Dilorom opaning o’zi ham ertaklar haqida shunday deydi: “Men hanuzgacha ertaklarda yashayman. Bu narsa menga hayotda juda katta yordam beradi: g’azab va jahlni ketkazadi, tevarak-atrofga tamomila boshqa nigoh bilan qarashni o’rgatadi”.

Dilorom Karimova shuningdek O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning she’rlarini ham qoyilmaqom va jozibador qilib o’qib bergan. Bu loyihada Dilorom opaning orzusi ushalgan desa bo’ladi – u sevimli shoirasining she’rlariga ovoz berdi.

Kelajakda esa Dilorom opani katta ijodiy rejalar kutmoqda: yangi audioloyihalar ichida Cho’lpon va Rauf Parfining she’rlari, Hamid Olimjonning dostonlari, Normurod Norqobilovning nasri hamda butun dunyoga tanilgan va dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilingan ertaklar o’rin olgan. Bular daniyalik ertakchi Gans Hristian Andersen hamda rus she’riyatining klassigi Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ajoyib va sehrli ertaklaridir.

Hayotga, haqiqatga, insoniylik qadriga ziyyrak bo’lgan, sevimli ona, buvi va shunchaki oddiy ayol – Dilorom opaning barcha orzu umidlari ro’yobga chiqishini istab qolamiz.

Dilorom Karimovaning Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatri hamda A.Hidoyatov nomidagi Davlat drama teatrida o’ynagan spektallari va rollari:

F.Shiller. “Qaroqchilar” – Amaliya; V.Rozov. “Oqshomdan tushgacha” -  Nina; Uyg’un. “Parvona” – Mamlakat; F.Minulin.“13-rais” – Xarisova; P.Qodirov.“Yulduzli tunlar” – Xonzoda; N.Erdman.“Alvido hayot” – Mariya; J.Puare.“Aldagani xotin yaxshi” –Sofi.

Filmografiya (yetakchi rollari):

“Opa-singillar” television seriali; “Zabarjad”, “Narigi sohilda qolgan bolalik”, “Novda”, “Parizod”, “Tanho qayiq”, “Ilhaq” nomli badiiy filmlar.

Qo’shimcha: Joriy yilning 27 avgust kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning farmoniga binoan Dilorom Karimova O’zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandilar.

Audiokitoblar: https://audiobook.uz/collections/dilorom-karimova

Audiobook.uz loyihasining badiiy rahbari,

rejissyor

Yelena Burova

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published