RUS TILI SAVODXONLIGI
Savodxonlik! Savodxonlik! Va yana bir bor savodxonlik!
34-Dars. So’zning boshida "Й" harfi!
Do’stlar! Rus tilida yarim unli "Й" harfidan boshlanadigan bir nechta so’zlar bor! Ularning aksariyati chet tilidan kirib kelgan so’zlar, ammo Rossiya shaharlaridan birining nomi ham bor.
Mana o’sha so’zlar:
йена (Yaponiya pul birligi)
йети (qor odam)
йог (yoga bilan shug’ullanuvchi)
йод (kimyoviy element, tibbiy dezinfektsiyalovchi vosita)
йоркширский (Йоркшир so’zidan – Angliyadagi graflik)
йот (ovoz)
йота (harf)
Йошкар-Ола (nomi "Й" harfidan boshlanuvchi Rossiyadagi yagona shahar)
Йена (Germaniyadagi shahar)
So’zlarning deyarli barchasi chet tilidan kirib kelganligiga e’tibor bering. Talaffuz qilganda so’zning boshida "ё" yoki "е" deb aytiladi.
Bu so’zlar qanday yozilishini eslab qoling!
Ehtimol Sizning qiziquvchanligingiz rus tilida foydalanadigan yana shunday so’zlarni topishingizga yordam berar! Buni sharhlaringizda albatta yozib qoldiring – bizga bu qiziq!
Rus tili nutqimizni takomillashtiramiz:
a)"Мудрый табунщик" ertagining matnini bir necha bor o’qib chiqing, talaffuz qilishingizni onlayn audio varianti bilan taqqoslab ko’ring; b)ertakning ikkinchi qismini yod oling va ertakni birorta tanishingizga to’lig’icha aytib bering! Buni ta’sirli va ifodali bajarishga harakat qiling.
Omad!
Bilim olishdan charchamang!
Qanchalik uddalaganingizni bizlarga yozib yuboring!