Quyoshi botmaydigan yurt hikoya mp3
Hikoyada Anvar ismli musavvir nigohi orqali ikki oila taqdiri tasvirlanadi. Bir oilada ota kasal xotini, o‘g‘lini tashlab ketgan. Bolakay otaning qaytib kelishini juda xohlaydi. Chizgan rasmlarining hammasida faqat bir manzara takrorlanadi. Ota, ona, o‘g‘il va Quyosh. U doim quyoshni chizadi. Undan madad kutadi. Uning hech qachon botmasligini istaydi. Chunki quyosh botib, qorong‘ulik cho‘kishi bilan ona yig‘lashga tushadi. Tuni bilan yig‘lab chiqadi. Bu hol bola uchun nihoyatda azobli. Va bola quyoshi botmaydigan yurtni orzu qiladi. Bunday yurt bor ekan. Bu boshqa bir oila timsolida ko‘rinadi. Tinch osuda kun, top-toza, sarishta xovli, o‘choq boshida kuymalashilb yurgan ona, oila qo‘rg‘oni ota va ota kuchogida mehr-muhabbatga ko‘milgan bola... Bunday oilada quyosh hech qachon botmaydi!
(46,83 Mb)
Hikoyaning namunasini bepul tinglang
Muallif - Normurod Norqobilov;
Suxandon – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova;
Rejissyor – Yelena Burova;
Musavvir - Yevgeniya Polejayeva;
Eshitilish vaqti – 25:35