Ayriliq quvonchi hikoya mp3
Norboy chol do‘nglikka chiqib, Muso o‘g‘lining kelar yo‘liga ko‘z tikib tishsiz milklari orasiga solgan qotgan non uvoqlarini shilib o‘ltirishni yaxshi ko‘radiyu, katta o‘g‘li Bozorvoy bilan qizi otasining bu qilig‘idan uyalishadi. Bizni qishloqqa sharmanda qilayapsiz, deb otasini tergashgani tergashgan. Pismiq kuyovi esa qaynotaning nafaqa puli "begona" bo‘lib ketayotganidan alamzada. Faqat shaharlik bo‘lib ketgan kichik o‘g‘li Muso cholni astoydil yaxshi ko‘radi. Tez-tez kelib otasiga tansiq ovqatlar yedirtirib, yuvintirib, kiyim-boshiga qarab ketadi. Shunga qaramay chol Musoni tez-tez sog‘inadi, lekin o‘g‘li yoniga, shaharga ko‘chishni xohlamaydi. Bobosini yolg‘iz qo‘ymaydigan bolakay bularni hammasini ko‘rib, o‘zicha xulosa chiqarib yuradi. Bolakay bobosini yaxshi ko‘radi va achinadi. Lekin tezroq o‘lishini istaydi. Beozor, munkillagan bobosini Bozorvoy tog‘asi bilan onasiga ortiqcha bo‘lib qolayotganini sezib, xafa bo‘lardi. Chol o‘lganda chin yurakdan yig‘lagan Muso o‘g‘il va mana shu nevara edi. Muso otasidan ayrilganidan yurak-bag‘ri kuyib-kuyib yig‘lasa, bolakay ezilib-ezilib quvonib yig‘lardi.
(60,04 Mb)
Hikoyaning namunasini bepul tinglang
Muallif - Normurod Norqobilov;
Suxandon – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova;
Rejissyor – Yelena Burova;
Musavvir - Yevgeniya Polejayeva;
Eshitilish vaqti – 32:48