Yetim qolgan gullar hikoya mp3
Qaynoq garmsel shaharni o‘z hukmiga olgan. Hammayoq chang-to‘zon, ivirsiq. Hamma yoq sap-sariq, yakkam-dukkam yashillikni kul bosgan. Korxona mo‘rilaridan qora-ko‘kish tutun burqsib, osmon xira tortgan... Shunday fayzsiz sharoitga ko‘nikib, bu yerdagi odamlar o‘zlarini hech qiynamay tashvishsiz yashab kelishardi. Qizchasi bilan qishloqdan ko‘chib kelgan yoshgina ayol bu tartibni buzadi. Derazalari tagiga tuproq solib, qip-qizil atir gullar ekadi. Garmsel jon-jahdi bilan gullarni quritishga urinadi. Uddasidan chiqolmaydi. Lekin kir-to‘zonga ko‘nikkan bu yerlik odamlarning befarqligi, nodonligi garmselga qo‘l keladi. U g‘olib chiqadi. Ayol qizini olib, gullarni yetim qoldirib, shaharni tark etadi.
(32,73 Mb)
Hikoyaning namunasini bepul tinglang
Muallif - Normurod Norqobilov;
Suxandon – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova;
Rejissyor – Yelena Burova;
Musavvir - Yevgeniya Polejayeva;
Eshitilish vaqti – 17:53