YAQINLASHIB KELAYOTGAN XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN!

Posted by Dilya Usmanova on

Aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!

Sizlarni yaqinlashib kelayotgan go’zallik va nafosat bayrami bo’lmish Xalqaro xotin-qizlar kuni – 8 Mart bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!  
Siz oila va jamiyat ustuni, hayotimiz fayzi va ko‘rkidirsiz! Ushbu yorqin, qutlug’  bahoriy kunda dilbar ayollarimiz, lobar qizlarimizga eng ezgu va samimiy tilaklarni bildirib qolamiz!
Hayotingiz go’zal va mazmunli bo’lsin! Nurli chegrangizdan tabassum arimasin, turmushingiz farovon, baxtingiz butun bo’lsin! Hamisha yaqinlaringiz ardog’ida, izzat-hurmatda bo’ling! Ezgu niyatlaringiz ijobat bo’lsin! Umringiz uzoq, sog’lig’ingiz mustahkam bo’lsin! Hamisha go’zal, maftunkor va jozibador bo’lib yuring!
Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, aziz ayollar!

Hurmat bilan audiobook.uz ijodiy jamoasi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published