Hurmatli vatandoshlar! Aziz do’stlar!
Mana yana bir yil tugab, qiyinchiliklar, kundalik tashvishlar, xavotir va iztiroblar, mavhumlikni ortda qoldirmoqda.
Biz barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
2022-yilda kim umid va ishonchni yo‘qotgan bo‘lsa – ularni o‘z qalbida yana qayta tiklasin, kim baxtini behudaga sarflagan bo’lsa – uning zarrachalarini bitta-bitta yig‘ib, Qalbga Nur olib kirsin, aziz va yaqin insonlariga quvonch, e’tibor va g‘amxo‘rlik in’om etishni unutganlar esa – buni boshlasin, chunki yaxshilik ulashish qachon kech emas!
Va eng asosiysi – barchaga mustahkam sog’liq tilaymiz! O'zingizg va yaqinlaringizni asrang! Mehr ulashing va uni to’lig’icha qabul qilib oling! Yangi 2022-yil barchamizga tinchlik, omonlik va farovonlik olib kelsin!
0 comments