Bolalik – bu har bir inson hayotidagi unutilmas sehrli onlardir. Har bir kichkintoy mo’jiza va ulug’vorlikka to’la dunyoni ko’rishga, mehr bilan yo’g’rilgan baxtli hayot kechirishga va himoyalanganligini his qilishga loyiqdir.
Farzandlarimizning beg’ubor bolalik davri tashvishlardan xoli bo’lsin. Quvnoq, chiroyli va uzoqroq davom etsin. Har bir bolajon sog’lom bo’lsin, ota-ona mehriga zoriqmasdan, ularning g’amxo’rligi ostida ulg’aysin. Boshi uzra osmon hamisha musaffo, har bir kuni esa baxt va quvonchga limmo-lim bo’lsin. Ota-onalarga esa sabrli, mas’uliyatli, mehribon bo’lishlarini tilab qolamiz.
Audiobook.uz ijodiy jamoasi barcha kichkintoylarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!
Har bir xonadonga baxt, quvonch va beg’ubor bolalar kulgusini tilab qolamiz!