Tanishing! Nulyufar Hamidova – bizning “Audiokitob” nomli loyihamizda! (qisca biografiyasi) | Нилуфар Хамидова Қисқа Биография

Posted by Елена Бурова on

Tanishing! Nulyufar Hamidova – bizning “Audiokitob” nomli loyihamizda!

Картинка к статье  Знакомьтесь Нилюфар Хамидова

Barcha qiziqadigan va an’anaviy savolga aylangan “Qachon tavallud topgansiz…?” iborasiga javob olishning ilojisi yo’q! Nulyufarning ta’kidlashicha, intervyularda bu savolga javob bermaslikni afzal ko’radi! Bu uning shaxsiy siri! Har bir insonning o’z shaxsiy sirlari bo’lishi tabiiy albatta.

Ammo shunga qaramay, tarjimayi holiga taalluqli ba’zi ma’lumotlar bor. Nulyufar Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi “Temurlang” kinostudiyasining direktor o’rinbosari, onasi esa uy bekasi edi. Onasi tomondan hech kim san’at va madaniyat sohasida faoliyat yuritmagan, otasi tomondan esa – aksincha. Buvisi Rohatoy Mannonova professional qo’shiqchi bo’lgan, urush vaqtida Tamara Xonim, Gavhar Rahimova kabi afsonaga aylangan san’atkorlar bilan birgalikda frontdagi brigadada faoliyat yuritgan. Rohatoy Mannonova – “Sallamno” nomli klassik qo’shiqni kuylagan birinchi ayoldir.

Bobosi Umarjon Hamidov afg’on rubobida mohirona kuy ijro etar edi. Aynan Umarjonning o’zi bu musiqa asbobini O’zbekistonga birinchi olib kirgan edi.

Nulyufarning onasi uy bekasi. Otasi Muzaffar Hamidov ko’pincha Nulyufarni o’zi bilan birga kinostudiyaga olib borgan . U yerda u otasi bilan birga ishlagan aktyor va rejissyor Isamat Ergashevni va hattoki Shon Konnerini ko’rgan. Kinostudiya Shon Konneri bilan sohibqiron Amir Temur hayoti haqidagi filmda bosh rolni o’ynashi uchun shartnoma tuzishni rejalashtirgan edi. Ma’lum sabablarga ko’ra, shartnoma amalga oshmadi, biroq bolaligidan raqqosa bo’lishni orzu qilgan Nulyufarda kinoga bo’lgan sof qiziqish uyg’ondi. Uning otasi raqsni qo’llab quvvatlamadi, ammo televideniyega rozilik berdi. Shunday qilib, Nilyufar Toshkent teatr institutining “TV rejissura” fakultetiga o’qishga kirdi. Bakalavriyatni muvaffaqiyatli bitirgach, magistraturada tahsil oldi va aspiranturaning “Kino san’ati” fakultetini tugatdi.

Nilufar oilali va to’rt nafar farzand – uch qiz va bir o’g’ilning onasi. Katta qizi universitetda, ikkinchisi esa Estrada-ssirk kollejida tahsil oladi. Kichik qizi va o’g’Ii – maktab o’quvchilari. Turmush o’rtog’i esa qurilish sohasida mutaxassis.

Ijodiy rejalari juda katta – ko’p sonli suratga olish ishlari: badiiy filmlar, television seriallar, novellalar (ayni damda Nulyufarga turli television loyihalarda aktrisa sifatida talab juda katta).

U ko’pincha to’ylarda boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritadi: Nulyufar aksariyati o’quvchilaridan iborat bo’lgan musiqiy guruhga boshchilik qiladi; guruh sharqiy va yevropacha uslubda ijod qiladi, turli tillarda qo’shiq ijro qiladi. Bundan tashqari Nulyufar raqqosalik orzusini ham amalga oshira oldi: hind madaniyat markazida hind, to’y va tantalarda esa o’zbek va uyg’uq raqslarini ijro etadi.

Картинка к статье Знакомьтесь Нилюфар Хамидова

Xorijga, xususan Hindistonga borishni, hind kinostudiyalari bilan shartnoma tuzib, chiroyli zamonaviy film suratga olishni orzu qiladi. Bolliwuddan takliflar ham tushgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli hozircha buning imkoniyati yo’q.

Картинка к статье Знакомьтесь Нилюфар Хамидова

Nulyufarning hayotidagi eng muhim voqealardan biri – bu uning turmush qurishidir. U turmush o’rtog’ini, farzandlarini va tug’ilgan kunlarni yaxshi ko’radi. Ayniqsa, o’zining tavallud ayyomini juda yaxshi ko’radi, bu kun doim quvonchga to’la bo’ladi. Vatani O’zbekistonda tinchlik va farovonlik hukmronligi uchun har kuni Allohga shukrlar aytadi.

“Men o’z ishimni, oilamni va hayotimda bo’lib o’tkan har bir narsani yaxshi ko’raman. Agar men boshqatdan tug’ilsamu va mendan “Shu hayotni tanlarmiding yoki boshqasinimi?”, deb so’rashsa, hech ikkilanmasdan “Aynan mana shu hayotimni qaytadan yashab o’tkan bo’lardim”, deb javob beraman. Allohga shukur, men – eng baxtli ayolman, deb ayta olaman”.

 hamidova_nilufar_official.page – bu Nulyufar Hamidovaning Instagram profili, u yerda aktrisaning ijodiy faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishish mumkin.
Shuningdek, bizning Audiobook.uz” loyihamizda Nilyufar Hamidova tomonidan o’qib eshittirilgan audiokitoblarni tinglashingiz mumkin.   

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published