TANA A’ZOLARI ISHTIROK ETGAN MAQOLLARGA MISOLLAR

Posted by Dilya Usmanova on

Botirning mushti ham yarog’.

 

Ayrilmagin elingdan,

Quvvat ketar belingdan.

 

Eling senga cho‘zsa qo‘l,

Unga doim sodiq bo‘l.

 

Erning ishi — elning bo‘ynida,

Elning ishi — erning bo‘ynida.

 

Yurtim — ko‘ksim,

Elim — iligim.

 

O‘pkadan urgan yel yomon,

Elidan ayrilgan er yomon.

 

Bir qo‘llab eksang,

Ikki qo‘llab o‘rasan.

 

Ishlikning peshonasi terlar,

Ishsizning — bo‘yni.

 

Ishning ko‘zini bil,

Erning — tilini.

 

Mard yigitning labi yog‘lik,

Dangasaning boshi qonlik.

 

Mehnatsiz bilak — o‘rinsiz tilak.

 

Mol boqqanning barmog‘idan moy tomar.

 

Erinchoqning qo‘li yetmas,

Qo‘li yetsa ham, ishi bitmas.

 

Qorning to‘ysa, kekirma,

Bekor yurib, bo‘kirma.

 

Ko’z qo’rqoq, qo’l botir.

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published