News — ozbek xalq ertaklari o'qish

NAVOIY BILAN CHO'PON (ertak o'qish)

Posted by Елена Бурова on

Navoiyning yoshligida otasi o‘lib ketgan ekan. Otasi o‘lgandan so‘ng o‘z shahrida turolmay, Samarqandga borib, madrasada o‘qibdi.
Ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘qishni tamomlab yana o‘z shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz piyoda yurib, bir necha kun deganda bir toqqa kelibdi... 

Read more →


KIYIK BILAN KADI

Posted by Елена Бурова on

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning tog‘ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qo‘yibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar ekan. Kadi osilgan kundan boshlab kiyik uyasidan chiqa olmay qolibdi. Kiyik har kuni asta uyasining og‘ziga kelib qarab, yana kadining taraqlaganini eshitib, «Mergan bo‘lsa kerak» deb qo‘rqib, uyning to‘riga qochib kirib ketar ekan...

Read more →


BURGUTLAR

Posted by Елена Бурова on

Bir tog‘ etagidagi g‘orda bir shahzoda, bir ayiq, bir tulki va bir burgut yashar ekanlar. Burgut butun dunyodagi burgutlarning podshohi ekan. Ayiq ham butun dunyodagi ayiqlarning podshohi ekan.Tulki ham dunyodagi barcha tulkilarning podshohi ekan.

Kunlardan bir kuni tulki va burgut bir shaharga kelibdilar...

Read more →


TULKI BILAN TOVUS

Posted by Елена Бурова on

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor.
Kunlarning birida tulki ketayotgan ekan, bir tovus dumini setora-setora qilib kelaveribdi...

Read more →


NAVOIY BILAN MARDIKOR. O'zbek xalq ertagi

Posted by Dilya Usmanova on

Bir o‘spirin yigit mardikorchilik qilib kun kechirar ekan. U, yurgan yo‘lida odamlar o‘rtasida bo‘lgan janjallarni bostirib, birovning aravasi loyga tiqilib qolsa, birgalashib chiqarishib, xalqqa yordami tegib yurar ekan. Bu yigitdagi xislatni ko‘rgan Alisher, uni hurmatlab, kachon ko‘rsa undan oldin salom berib o‘tar ekan. 

Read more →