News — o'zbek xalq ertagi o'qish

DONO QIZ BILAN BOY (ertak o'qish)

Posted by Елена Бурова on

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan o‘n ikki yoshlik qizi yolg‘iz yashashar ekan. Ularning bisotida bitta tuya, bitta ot va bitta eshak bor ekan.
Chol o‘rmondan o‘tin terib kelib, ularni sotib tirikchilik qilar ekan. Qiz esa uy ishi bilan band bo‘lar ekan. Chol odatdagidek, tuyaga o‘tin yuklab bozorga boribdi. Uning yoniga semiz bir boy kelib:
— Utinni necha puldan sotyapsiz? — deb so‘rabdi. Chol:
— Uch tangadan, — javob beribdi. Boy:
— Senga o‘n tanga beraman, shartim shuki, o‘tinni uyga olib borib berasan, — debdi...

Read more →


TULKI BILAN TOVUS

Posted by Елена Бурова on

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor.
Kunlarning birida tulki ketayotgan ekan, bir tovus dumini setora-setora qilib kelaveribdi...

Read more →


NAVOIY BILAN MARDIKOR. O'zbek xalq ertagi

Posted by Dilya Usmanova on

Bir o‘spirin yigit mardikorchilik qilib kun kechirar ekan. U, yurgan yo‘lida odamlar o‘rtasida bo‘lgan janjallarni bostirib, birovning aravasi loyga tiqilib qolsa, birgalashib chiqarishib, xalqqa yordami tegib yurar ekan. Bu yigitdagi xislatni ko‘rgan Alisher, uni hurmatlab, kachon ko‘rsa undan oldin salom berib o‘tar ekan. 

Read more →