News — O'zbek xalq ertagi bolalar uchun

DONO QIZ BILAN BOY (ertak o'qish)

Posted by Елена Бурова on

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan o‘n ikki yoshlik qizi yolg‘iz yashashar ekan. Ularning bisotida bitta tuya, bitta ot va bitta eshak bor ekan.
Chol o‘rmondan o‘tin terib kelib, ularni sotib tirikchilik qilar ekan. Qiz esa uy ishi bilan band bo‘lar ekan. Chol odatdagidek, tuyaga o‘tin yuklab bozorga boribdi. Uning yoniga semiz bir boy kelib:
— Utinni necha puldan sotyapsiz? — deb so‘rabdi. Chol:
— Uch tangadan, — javob beribdi. Boy:
— Senga o‘n tanga beraman, shartim shuki, o‘tinni uyga olib borib berasan, — debdi...

Read more →


KIYIK BILAN KADI

Posted by Елена Бурова on

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bir kiyik bor ekan. U kiyikning tog‘ kamarida uyasi bor ekan. Uyasining yonida bir terak bor ekan. Bir odam kelib shu terakka kadi osib qo‘yibdi. Kadi shamoldan kunin taraqlab, tunin taraqlab turar ekan. Kadi osilgan kundan boshlab kiyik uyasidan chiqa olmay qolibdi. Kiyik har kuni asta uyasining og‘ziga kelib qarab, yana kadining taraqlaganini eshitib, «Mergan bo‘lsa kerak» deb qo‘rqib, uyning to‘riga qochib kirib ketar ekan...

Read more →