1.a)ikki qo’lini burniga tiqmoq;
b)quruq qo’l bilan;
Ma’nosi, hech narsasiz, hech vaqosiz kelmoq (bormoq).
2.a)og’zi ochilib qolmoq;
b)yoqasini ushlamoq;
c)hang-mang bo’lmoq;
Ma’nosi, Hayratlanish, taajjublanish.
3.a)ko’zi o’ynoqi;
b)ko’zi olma-kesak teradi;
Ma’nosi, biror narsa yoki kimsaga qiziqish balan qarash.
4.a)dimog’iga qurt tushmoq;
b)bosar tusarini bilmay qolish;
c)balanddan kelmoq;
d)o’zidan ketmoq;
Ma’nosi kekkaymoq, kibrlanmoq.
5.a)qo’y og’zidan cho’p olmagan;
b)musichaday beozor;
c)yumshoq supurgi;
Ma’nosi, birovga ziyoni tegmaydigan.
6.a)tili boshqa, dili boshqa;
b)usti yaltiroq, ichi qaltiroq;
Ma’nosi, ikkiyuzlamachilik, haqiqatga to’g’ri kelmaslik.
7. a)yuragi orqasiga tortmoq;
b)yuragi tovoniga tushib ketmoq;
c)kapalagi uchmoq;
Ma’nosi, qo’rqib ketmoq.
8. a)dili xufton bo’lmoq;
b)yurak-bag’ri qon bo’lmoq;
c)yuragiga qil ham sig’maydi;
Ma’nosi qattiq hafa bo’lmoq, siqilmoq, tushkun holat.
9.a)pixini yorgan;
b)Ilonni yog’ini yalagan;
c)burgani ko’zini ko’rgan;
Ma’nosi, ayyor,mug'ombir.
10.a)boshini ikki qilmoq;
b)bo’yniga ola xurjun ilmoq;
Ma’nosi, uylantirmoq.
11.a)kuydirgan kalladay;
b)og'zi qulog’ida;
Ma’nosi, juda xursand yoki turjayish.
12.a)labiga uchuq toshdi,
b)kapalagi uchdi;
Ma’nosi qattiq qo’rqdi.
13.a)o’n besh kunlik oyday;
b)bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday;
Ma’nosi, suluv, go’zal.
14.a)erga bermoq;
b)boshini bog’lamoq;
c)egasiga topshirmoq;
Ma’nosi, turmushga bermoq, uzatmoq.
15.a)dunyodan ko’z yummoq;
b)jon bermoq;
c)yostig’i qurimoq;
d)narigi dunyoga ravona bo’lmoq;
Ma’nosi, vafot etish.
16.a)tuyog’ini shiqillatmoq;
b)juftakni rostlamoq;
c)dumini tutkazmaslik;
Ma’nosi, qochib qolmoq.