Rus va o’zbek tillaridagi frazeologik iboralarga misollar

Posted by Dilya Usmanova on

Делать из мухи слона – преувеличивать; pashshadan fil yasamoq – biror voqeani bo’rttirib ko’rsatmoq;

переполнить чашу терпения – заставить нервничаить;  sabr kosasi to’lmoq – chidami tugab, yashashdan bezmoq;

убить двух зайцев одним выстрелом – одним старанием добиться осуществления двух целей; bir kesak bilan ikki quyonni urmoq – ayni bir paytda ikki narsani ko’zlab ish tutmoq (amalga oshirmoq);

вытягивай ноги по длине одеяла – подходить к делу исходя из своих возможностей; ko’rpaga qarab oyoq uzatmoq – imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq;

из-за одной блохи одеяло не жгут – из-за пустяка в порыве гнева не совершать недостойного плохого поступка;  burgaga achchiq qilib, ko’rpa kuydirmoq – arzimagan narsani deb, jahl ustida nojo’ya, zararli ish qilib qo’ymoq;

искать грязь под ногтями – стараться найти недостатки в действиях невинного человека; tirnoq ostidan kir qidirmoq – yomon niyat bilan deyarli aybi yo’q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;

0 comments

Leave a comment