NORMUROD NORQOBILOV: “ENG ASOSIYSI – IJOD QILISH!” (hayoti va ijodi)

Posted by Dilya Usmanova on

Tog’lar bo’ylab bir odam yurib bormoqda. Uning tog’larga birinchi kelishi emas, yo’lda ham bir necha kundan beri. Yelkasiga yo’l xaltasini va miltiq osib olgan. Bir o’zi kimsasiz joylar va kamqatnov so’qmoqlardan odimlashiga qaraganda, ancha dovyurak ko’rinadi. Albatta miltig’i bor odam dovyurak bo’ladi-da. Ammo bu odam miltig’ini hayvonlarni o’ldirish uchun emas, yo’lida uchrashi mumkin bo’lgan ayiq va bo’rilarni qo’rqitish uchungina olib yuradi, chunki u yuradigan yo’l odamlar yashaydigan qishloq va ovullardan ancha olisda.

Bu yo’lovchi kim? U tog’da nima qilyapti?Tog’lar nimasi bilan uni o’ziga jalb qilmoqda? Nima uchun bu odam ta’tilga chiqishi bilanoq shinam shahar sharoiti, barcha qulayliklardan voz kechib, olis, yovvoyi va kimsasiz joylarda piyoda sayr qilishni afzal ko’rdi?

Bu inson – bizning zamondoshimiz, Toshkent shahri fuqarolaridan biri, O’zbekiston hamda uning tashqarisida tanilgalgan yozuvchi Normurod Norqobilovdir.Uning  yuzini ko’rmagan inson bu sinchkov va serg’ayrat odam taniqli yozuvchi ekanligiga ishonmaydi. U bilan yaqindan tanishgandan keyingina nima uchun bu ijodkor uzoq vaqt mobaynida har yili bir o’zi yoki do’stlari bilan birgalikda olis-olislarga otlanishining, yigirma-o’ttiz kun ichidaxattoki professional tadqiqodchilarning qadami tegmagan va ko’pdan-ko’p sir-sinoatlarga ega bo’lgan joylarga talpinishining sababini tushunishi mumkin.

Normurod Norqobilov

Bu odam tog’lar bo’ylab yurishda hamda u yerdan o’lgan taassurotlarini o’zida saqlashda davom etishi mumkin edi. Biroq 1993 yilda o’sha davrningtelevideniyeda mualliflik ko’rsatuvlarining rejissyori, hozirgi kundaesa mashhur va hurmatga sazovor aktrisasi Dilorom Karimova bilan tanishuvi ko’p narsani o’zgartirdi.

Ijodiy tandem – Normurod Norqobilov va Dilorom Karimova tog’ bag’rida

Sermahsul ijodiy juftlik –bugungi kunda kam uchraydigan holdir. Kim hayotida biror marta bo’lsa ham yangi uchrashuvdan bir yo’la uch tomonlama bahramand bo’lgan – o’z ishiga berilgan professional, hamisha yangilik yaratishga mushtoq ijodkor hamda shunchaki samimiy do’st? Normurod esa bu baxtga erishdi. Yozuvchining tan olishicha, avvaliga Dilolrom unga yoqmadi, keyinchalik esa u bu ayolningaqliga tan berdi. “Hamma narsani bir qarashda tushunadi, his qiladi, bunday do’stni qidirsangiz ham topa olmaysiz.Fikrlashni biladi”. U Diloromning kuchli ayol ekanligini tan oladi.

Dilorom mualliflik qilgan ko’rsatuvlarda Normurod tarixiy joylarga qilgan safarlari haqida gapirib berar edi. Masalan, Qashqadaryoning Xisor tog’larida Temur g’ori degan joy bor. Bu g’or o’ziga yarasha tarixga ega. Temur mo’g’ul bosqinchilaridan chekina turib, Samarqandni tark etishga majbur bo’lganida ko’p sonli askarlari hamda ayonlari bilan Xisor tog’larida berkingan va  mana shu g’orda yashab, qo’shinini zafarli yurishga tayyorlagan. Bu g’ordan maxsus tayyorgarlik olib chiqqandan keyin Temur armiyasi mag’lubiyat nimaligini bilmagan.Temur g’ori juda ulkan kattalikda, bir so’z bilan aytganda tabiiy saroyning o’zginasi.Juda tor yo’lakchalardan emaklab o’tilsa hamda g’orning bir necha xonalaridan yurilsa, g’orning eng tubida joylashgan ko’lga yetib borish mumkin.Naql qilishlaricha, Amir Temur bu g’orda qochoq kabi emas, shox kabi yashagan.Uch yil yashab, armiyasini yurishlarga tayyorlagan.

Normurodning tog’larimiz va o’lkamizning boshqa olis o’rganilmagan hududlari haqidagi hikoyalari Diloromning diqqat-e’tiborinio’ziga qattiq tortar edi, shuning uchun u bu haqda alohida ko’rsatuv yoki butun bir ko’rsatuvlar tsiklini tayyorlash taklifini kiritdi. Normurod bu juda qiyin ish ekanligini aytdi, chunki buning uchun ekspeditsiya, suratga olish guruhi, texnika, yo’lboshlovchilar, oziq-ovqat, transport vositalari kerak bo’lar edi.U haq edi, ammo shuncha qiyinchiliklarga qaramasdan, 1995 yilda hamjihatlikda tuzilgan ekspeditsiya tog’larga qarab yo’l oldi.

Safar butunlay ishtiyoq asosiga qurilgan bo’lib, guruh a’zolarining shaxsiy hisobi evaziga amalga oshirildi.Suratga olish texnikasi uchun “Telefilm”dan ishlab turgan ikkita kamera olindi, hujjatlarda esa ular baxshilar haqida material tayyorlash uchun, deb qayd etildi.Operatorlar ham shu kabi hujjatdan o’tganlar, ulardan biri tajribali operator Rustam Hakimov edi.

Ish jarayonida g’orning ichki xonalaridan biriga kirish uchun tor yo’lakdan o’tish zarurati tug’ildi. Rustam Hakimov qo’rqib, “men o’tolmayman”, dedi. Shu payt hamma erkaklar jimib qoldi, yo’lboshlovchining esa hafsalasi pir bo’ldi, shuncha harakat zoye ketganiga achindi. Dilorom uchun esa bu joyga o’z oyog’i bilan kirib, hamma narsani o’z ko’zi bilan ko’rib, qo’llari bilan uchlab ko’rish – azaliy orzusi edi! Yo’l boshlovchi unga: “Singlim, men sizning qo’lingizni ushlab turaman, mendan ko’zingizni uzmang”, dedi. Ular ikkovlari kirib ketishdi, ularga qarab ikkinchi yosh operator ham jur’atlanib, ketlaridan ergashdi.

G’orda yo’lboshlovchi bilan birga

Kerakli material muvaffaqiyatli suratga olindi.Ko’rsatuv efirga uzatildi. Avvaliga jimjitlik! Hech qandayfikr-mulohaza bildirilmadi! Keyin birdaniga shov-shuv bo’lib ketdi! Ko’rsatuv kuz oylarida efirga uzatilgan bo’lsa, qishda televideniye o’sha joylarga yaxshi texnika bilan katta ekspeditsiya uyushtirdi.Yakkabog’ hokimiyati kerakli barcha narsa bilan ta’minladi, biroq qalin qor tufayli u yerlarga yo’l yopib qo’yildi. 1996 yilning bahoriga kelibgina ikkinchi ekspeditsiya amalga oshirildi va to’rt qismdan iborat bo’lgan yana bir katta ko’rsatuv suratga olindi.

Normurod bilan Dilorom keyingi barcha ekspeditsiyalarda birgalikda ishlashdi.Ko’rsatuv yaratish jarayonida materiallarni tayyorlashda Dilorom rejissyorlik qilar, Normurod esa redaktor vazifasini bajarar edi. Aynan mana shunday sayohatlarda tabiat, olam, hayotni inson aralashuvisiz bo’lgan sof holda kuzata turib, yozuvchi yorqin taassurotlarini ijodiy hayol va badiiy mahoratini ishga solgan holda hikoya va qissalarga aylantiradi.

Ikkinchi ekspeditsiya vaqtida favqulodda voqea sodir bo’ldi.Dam olish chog’ida guruh a’zolari o’t ustiga yonboshladilar.Keyinchalik aniqlanishicha esa bu yerda qoraqurt o’rgimchagining ini bor ekan.Qoraqurt “qora beva” nomli zaharli o’rgimchakning bir turi bo’lib, uning nishi odam uchun juda xavfli, xattoki o’limga olib keladi.Sayohatchilar esa o’t orasida qoraqurt o’rgimchagi ko’pligini hayollariga ham keltirmadilar.Baxtli tasodif tufayligina o’rgimchaklarning zaharidan omon qoldilar. Mahalliy aholi esa sayohatchilarning ehtiyotkorsizliklaridan hayron bo’ldilar va juda qo’rqib ketdilar.

Bir necha yillar o’tib, bunday ekspeditsiyalarni O’zbekistonning boshqa, yaqin o’rtadagi tog’lari orasida olib borish g’oya-loyihasi ilgari surildi.Masalan, Navoiy viloyati atrofidagi tog’larning g’orlarida qadimgi yozuvlar topilgan.Respublikamizda yurtimiz hududida insoniyat taraqqiyotining tarixidan darak beruvchi joylar juda ko’p. Bunday joylar Normurod Norqobilov va Dilorom Karomova kabi qiziqqon va tirishqoq qidiruvchilarni o’ziga jalb qilib qoladi.

Qoyalarda topilgan rasmlar

Ba’zan sayohat vaqtida tushuntirib bo’lmaydigan voqealar ham sodir bo’lib turgan.Masalan, shunday ekspeditsiyalardan birida qidiruvchilar g’orning ichiga kirdilar.Mash’ala yoqishlari bilanoq, qandaydir hasharotlar g’imirlab qolishdi – o’rgimchaklar, kapalaklar.Buni ko’rgan yo’l boshlovchilar g’ordan darhol chiqib ketish kerakligini aytdilar.Tashqariga chiqganlarida yo’lboshlovchilardan biri Normurodning yelkasidan kattagina hasharotni urib tushirdi.Sinchiklab qaraganlarida, bu g’orda yashovchi zahari o’ta xavfli o’rgimchak ekanligi ma’lum bo’ldi.Shunday xavfli joyga kirib, sog’-omon qaytib chiqdilar, go’yoki ularni qandaydir ko’rinmas ilohiy kuchlar himoya qilib turganday.

Yuqoridagilarga shuni qo’shimcha qilib aytish kerakki, eng birinchi ekspeditsiyaning materiallari Amir Temur muzeyida saqlanadi – ikki qismdan iborat bo’lgan bu filmmehmonlarga, muzey tashrif buyuruvchilariga namoyish etiladi.

Normurod Norqobilovning “sokin manzili”

Ijodkor kasbiga mansub insonlarning tarjimai holi bilan tanishar ekansiz, bugungi kunda bitta umr yo’ldosh bilan umrini yashab o’tgan, mustahkam juftliklar juda kam ekanligini ko’rasiz.Ijodkorlarning ko’pchiligi ikki-uch, ba’zan undan ham ko’proq turmush qurganlarining guvohi bo’lasiz. Mashhur shaxslarning aksariyati bergan intevyularida har biryangi rishta – bu ularga suv va havodek zarur bo’lgan  yangi muhabbat, yangicha ishtiyoq, yangicha his-tuyg’ular ekanligini ta’kidlaydilar. Normurod ham bulardan mustasno emas. Uning birinchi va ikkinchi turmushi muhabbat asosiga qurilgan edi.

Normurod birinchi muhabbatini uchratganida hali yigirmaga ham to’lamagan yigit edi.Galima ismli qiz juda chiroyli edi, ular turmush qurdilar. Turmushlari davomida ikki qiz va bir o’g’illik bo’ldilar. Biroq ba’zi obyektiv sabablarga ko’ra, turmushni davom ettira olmadilar va  ajrashib ketdilar.

Normurod ikkinchi marta ham ayol go’zalliginng ixlosmandiga aylandi. Ikkinchi turmush o’rtog’i Mamlakat bilan birga televideniyeda ishlar hamda ruhan bir-birlariga yaqin edilar.Ularning turmushlari davomida ikki qizaloq tug’ildi, biroq bu oila ham ajrimga yuz tutdi.

Normurod chiroyli ayollarning manmanligi va xudbinligidan charchaganini tan olib, o’zi uchun kamtarin ayolni axtara boshladi. Bir kuni u Turkistonda xizmat safarida bo’ldi.U yerdagi maktablardan birida yozuvchining o’quvchilar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muxlislari orasida savol berishga tortinib turgan kamgap va uyatchang bir qiz Normurodning diqqatini o’ziga tortdi. Toshkentga qaytishi bilanoq bu qizdan yo’lovchi mashinalar orqali berib yuborilgan jo’natma, ya’ni tarjimayi holi yozilgan daftarni qabul qilib oldi. Bu daftarda qiz katta oilada tug’ilib o’sganini, otasining qattiqqo’lligini va hayotining boshqa jabhalarini yoritgan edi. Uning ismidanoq oiladagi muhitni sezish mumkin edi. Ismi To’xtaxon, ya’ni yetar, bo’ldi, bas degan ma’noni bildiradi. U ko’p bolali oilada navbatdagi qiz farzand bo’lib tug’ilgan edi.To’xtaxon o’zi Normurodga qo’ng’iroq qilib, u bilan uchrashib, yozganlari haqidagi fikrini bilmoqchiligini aytdi.

To’xtaxon Normuroddan yigirma beshyosh kichik bo’lishiga qaramasdan unga turmushga chiqishga rozilik berdi. U ikki avvalgi ayollarga o’xshab xurilliqo bo’lmasada, aynan To’xtaxon Normurodning ijodiga oshiq bo’ldi, u bilan uchrashish uchun Toshkentga keldi va aynan u yozuvchi kutgan va axtargan “sokin manzil” ga aylandi.

Normurod: “ U meni qadrlaydi, yuksaklarga ko’taradi. Ortiqcha izohga xojat yo’q”.Bu sevgining davomi sifatida ikki o’g’il va ikki qiz dunyoga keldi. 

“Inson uchun bo’ri –sir, bo’ri uchun inson – sir”

Dilorom Karimovaning so’zlariga qaraganda – Normurod Norqobilov tabiatni yaxshi tushunadiganva uni sevadigan insondir. Yozuvchi olis tog’lardan yurgan, hech kim kirmagan g’orlarni zabt etgan bo’lishiga qaramasdan, uning uchun tabiat sir-sinoatlarga to’la. U faqatgina shunday joylar haqida bugun ham ko’rsatuvlar tayyorlash uchun mablag’ yetishmasligiga achinadi, xolos.

Yozuvchi bolaligidan yovvoyi tabiat bilan tanish bo’lgan, u bilan bog’liq ko’pgina voqealarni eslab qolgan. Normurod bolalik davrida qo’y podasini boqib yurarkan, kunlardan bir kun bo’riga duch kelib qoladi. Yosh bola bo’lgani uchun avvaliga uni kuchuk deb o’ylab, jonivorga non bermoqchi va uni boqib olmoqchi bo’ladi. Bu bo’ri bilan Normurod bir oy davomida uchrashib yuradi.Har uchrashuvda bo’ri bir joyda turar, go’yoki uni kutar edi.Normurod bu uchrashuv haqida hech kimga og’iz ochib gapirmagan, chunki ovchilar bu bo’rining ketiga tushishlarini bilgan.

Keyinchalik uning hayotida bo’rilar bilan bunday uchrashuvlar ko’p bo’lgan.Masalan, o’ninchi sinfda o’qiyotgan kezlarida bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa kechasi qaytayotib, orqasidan ikkita bo’ri kelayotganini sezib qoladi.Normurod bilardi, bo’ri ta’qib qilsa, orqaga arqon tashlash kerak – bo’rilar uni asta-sekin g’ajiy boshlaydilar. U shunday yo’l tutdi va o’zini o’zi qutqarib qoldi. Yana bir gal busafar talabalik yillarida tog’da uni bo’rilar o’rab oladi. Normurod o’tinlarni yi’g’ib, atrofiga arqon tashlab, ertalabgacha olov yoqib chiqadi. Bo’rilar kechasi bilan olov o’chishini kutib-kutib, oxiri tongga yaqin ketib qoldilar.

Normurodning fikricha, “Bo’ri inson uchun – sir, inson bo’ri uchun – sirdir”.Shuningdek, erkak bo’ri bilan urg’ochi bo’ri – umuman boshqa-boshqa jonivorlardir”.

Xalqda shunday naql bor: agar katta ishda bo’rini uchratsang – maqsadingga erishasan. Xisor tog’lariga qilingan safarlardan birida qidiruvchi-sayohatchilar bo’riga duch keldilar: bu hayvon ularning yo’llaridan to’satdan paydo bo’ldi, ularga tinchgina qarab turdi, u yoqdan bu yoqqa biroz yurdi, o’tkazib yuborish-yubormaslikni o’yladi shekilli va oxir-oqibat pastga qarab ketdi.

Temur g’orining ichida

 

“Qalb buyurganini yozish kerak”

Hikoya, roman, qissa – bu janrlarning barchasi muallifning ijodidan joy olgan. Ularning ichida eng yaxshilari yozuvchining nazarida – “Qoyalar ham yig’laydi”, “Changalzor iti” kabi qissalari, erta yozgan qissasi “Yuzma-yuz”, yovvoyi hayvonlar haqida yozgan ikkita qissasi “Paxmoq” va “Ovul oralagan bo’ri” hamda yaqinda nashrdan chiqqan “Qoraquyun” romanidir.

Yozuvchining yoshlik chog’larida bo’ri bilan do’stona munosabatlariga sabab bo’lgan uchrashuvlari hanuzgacha unga tinchlik bermaydi.Yaqin ijodiy faoliyati davrida bu haqda yozishni rejalashtirmoqda. Bulardan tashqari yozuvchining miyasida yana o’nlab hikoyalarga yetadigan g’oyalar yetilmoqda. Ular nima haqida bo’ladi?Ehtimol, adabiyot ixlosmandlari bu haqda yaqin kelajakda bilishlari mumkin.

Normurod o’z holicha yozadi, tanqidga e’tibor bermaydi, Dilorom aynan shuning uchun ham uning ijodini hurmat qiladi. Yozganda ham qalbga yaqin va tushunarli qilib yozadi. Hech qanday siyosat va turli xil fitnalarga e’tibor bermaydi. Uning asarlarining qahramonlari  - yoki jonivorlar, yoki xalqdan chiqqan oddiy odamlardir. Yozgan asarlari ichida yozuvchining o’zi “Changalzor iti”, “Qoyalar ham yig’laydi” hamda “Oq bo’yin” kabi qissalarini alohida qayd etib o’tadi. Dunyo adabiyoti asarlaridan esa Emil Zoya va Gi de Mopassanning hikoyalarini, J.Londonning “Martin Iden” hamda Lev Tolstoyning “Война и мир” romanlarini, o’zbek yozuvchilaridan esa – Erkin A’zam va Murod Muhammad Do’st kabi zamondoshlarning ijodini qadlaydi. Hozirgi paytdagi aksariyat shoir va ayniqsa shoiralarni yoqtirmaydi: uning fikricha, ular o’zlari to’qigan yolg’onga ishonib, quruq safsatani yozadilar. “Xo’jako’rsinchilik qilish kerak emas. Qalb buyurganini yozish kerak”,- deb murojaat qiladi yozuvchi yosh ijodkorlarga.

Normurod Norqobilovning ijodini payqamay o’tib ketadigan adabiyot tanqidchilaridan Dilorom Karimovaning xafa bo’lishi o’rinli. Bu haqda yozuvchining o’zi esa: “Bu muhim emas. Asosiysi – ijod qilish!”, deydi. Uning ko’pgina hikoya va qissalari qozoq, belarus, tatar, arab, turk, xitoy va rus tillariga tarjima qilingan. Uning asarlari maktab darsliklariga kiritilgan, hikoyalaridan biri esa “Звезда Востока” jurnalida chop etilgan. 1999 yilda Normurod “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi, 2006 yilda esa “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo’ldi.

Tog’larning odami Normurod Norqobilov

Tog’larning odami, uning tashqi ko’rinishi ham tog’ni eslatadi – ulkan,sokin, qalbi esa huddi sir-sinoatlarni qo’riqlab turuvchi g’orga o’xshaydi.Sinoatlar ko’payib ketsa, ular g’ordan tashqariga siqib chiqariladi va qog’ozga jo bo’ladi. Ana shunda hikoya va qissalar paydo bo’ladi: odamlar yohud jonivorlar haqida, kimda qaysi xislat ko’pligi, insonda hayvoniylik xislatimi yoki hayvonda insoniylik xislati ko’pligi haqida.

“Odamlar haligacha uyqudalar.Ular uyg’onishlari kerak. Buning uchun esa o’qish, o’qish va o’qish lozim. Kitob hayotni va butun olamni asrab qolishga yordam beradi”.

 Normurod Norqobilov hikoyalari:

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published