NAVRO’Z: Yangi yil va Yangi kun

Posted by Dilya Usmanova on

Bu bayramning tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. U bundan uch ming yil ilgari Xuroson o’lkasida (Eronning shimoli-sharqida) paydo bo’lgan va tabiatning xohishi ila vujudga kelgan.
21 martda – kun va tun teng bo’lganda yangi quyosh tsikli, yangi astronomik yil boshlanadi va yangilanish qonuni kuchga kiradi.
Eng ajoyib davr 20 - dan 21 - martga o’tar kechasi sodir bo’ladi. Bu sumalak tayyorlash uchun eng qulay palla hisoblanadi. Ertalab tayyor bo’lgan yangi sumalakdan totib ko’rar ekansiz, tilak bildirishni ham unutmang!
Navro’z bayrami hamisha yangi tilak va yangi umidlar bilan bog’liq. Gina-qudratlar unitilishi, muhtojlarga yordam, mehmondorchilik va to’kinlik Navro’z bayramining asosiy sifatlaridan biridir.

0 comments

Leave a comment