MAVSUMNING YANGILIGI! "Ravshan" dostoni - o'zbek tilida!

Posted by Елена Бурова on

Do’stlar!

Yaqin kunlarda!

Bizning audiokitoblar katalogimizda – yangiliklar!

E’tiboringizga Fotima Qalandarova tomonidan mahorat bilan ijro etilgan “G‘or-o‘g‘li” epik turkumidagi “Ravshan” dostonini havola etamiz.

“Go’r-o’g’li eposi 40 ga yaqin doston va poemalarni o’z ichiga oladi. Go’r-o’g’li obrazi o’zbek xalq ijodiyotida mashhur bo’lish bilan birga, turkman, ozarbayjon, tojik va boshqa osiyo xalqlarda ham uchraydi.


Biz yuqori badiiy salohiyatga ega “Ravshan” dostonining shoir Ergash Juman-bul-bul-o’g’li (1870-1937) dan yozib olingan original variantini taqdim etamiz.
Keng janr palitrasida “Ravshan” dostoni ishqiy-romantik dostonlar janriga mansub. Qahramonni vatanparvarlik va adolat, sha’ni va ozodligi uchun kurash hissi emas, balki cheksiz muhabbat ishtiyoqi boshqaradi.


Asrlar davomida yaratilgan “Ravshan” dostoni ham boshqa xalq dostonlari kabi turli qatlamlarga ega. Asl kelib chiqishi o’zbek bo’lgan Ravshan “teke yigitlarining eng zoʻri”, deya ta’riflanadi, chunki uning vatani tekinlar (turkman qabilalaridan biri) istiqomat qiladigan Teke-Yavmut diyoridir. Ravshan buvisi Yunusning uzugida ko‘rgan go‘zal Zulhumor siymosiga oshiq bo‘lib, uning ortidan Shirvon (Ozarbayjon) ga yo’l oladi.
“Ravshan” dostonining to’liq versiyasini tinglang – qarshingizda bosh qahramonning olisdagi go’zalni izlab topish maqsadida koʻplabi toʻsiqlarni, fantastik va gʻayritabiiy vaziyatlarni yengib o’tishi hamda maqsadiga erishib, vataniga eson-omon qaytishi bilan bog’liq voqealar namoyon bo’ladi.

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published